Toshkent moliya institut xusanov qaxramon nishonovich tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/46
Sana19.04.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1366602
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish

Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonda innovatsion bank xizmatlarini 
rivojlantirish istiqbollariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab 
chiqish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi. 
Tadqiqotning vazifalari
innovatsion bank xizmatlari nazariyasining rivojlanish evolyutsiyasini 
tadqiq etish; 
innovatsion bank xizmatlari bozori va uning tarkibiy tuzilishini o‘rganib 
chiqish; 
innovatsion 
bank 
xizmatlari 
ommabopligini 
oshirishda 
raqamli 
transformatsiyaning o‘rnini asoslash; 
tijorat banklarining raqamli moliyaviy xizmatlarini tashkil etishning joriy 
holati va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish; 
bank sektorining raqamli transformatsiyasini shakllantirish modellarini 
tijorat banklari faoliyatiga joriy etish yo‘llarini aniqlash; 
banklarni 
transformatsiya 
qilishda 
raqamli 
bank 
xizmatlarini 
takomillashtirish imkoniyatlarini tadqiq etish; 
tijorat banklarida innovatsion xizmatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi 
ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
Tadqiqotning obyekti. O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarining 
innovatsion faoliyatini rivojlantirish hisoblanadi. 
Tadqiqot predmeti. O‘zbekiston Respublikasida innovatsion bank 
xizmatlarini rivojlantirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar 
yig‘indisidan iboratdir. 
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada ekspert baholash, induksiya va 
deduksiya, 
iqtisodiy-matematik 
modellashtirish, 
qiyosiy 
tahlil, 
tizimli 
yondashuv, sotsiologik so‘rov, statistik, korrelyatsion va regression tahlil ilmiy 
prognozlash usullaridan foydalanilgan. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
zamonaviy moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish orqali tijorat banklarida 
innovatsion bank xizmatlar ilovasi orqali ularning ommabopligini oshirish taklif 
etilgan; 
davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish 
imkoniyati tijorat banklari faoliyatida mijozlar uchun bankning moliyaviy 
xizmatlari samaradorligini oshirish tavsiyasi asoslangan; 
tijorat banklari tomonidan innovatsion bank xizmatlarini ko‘rsatishda On-
line so‘mdagi omonat turini ilovalar orqali jalb etish bo‘yicha tavsiyasi 
asoslangan; 
innovatsion bank xizmatlarini qo‘llab quvvatlash, plastik kartalar bo‘yicha 
kreditlash amaliyotidagi risklarni boshqarish orqali skoring tahlil asosida On-
line tarzda mikroqarz ajratish tavsiyasi asoslab berildi. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling