Toshkent moliya institut xusanov qaxramon nishonovich tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/46
Sana19.04.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1366602
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
Bog'liq
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish

Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat: 
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarining vujudga kelishi va 
rivojlanishiga bog‘liq ilmiy manbalarni tadqiq qilish orqali “bank xizmati” va 



“innovatsion bank xizmatlari” tushunchalarining iqtisodiy mohiyati, yetakchi 
iqtisodchi 
olimlar 
ta’riflari 
hamda 
“innovatsion bank xizmatlari” 
tushunchasining mualliflik ta’rifi shakllantirilgan; 
O‘zbekiston Respublikasida bank tizimida innovatsion bank xizmatlarining 
vujudga kelishini va ijtimoiy asoslarini rivojlanish bosqichlari tadqiq etilib, har 
bir bosqichdagi o‘ziga xos jihatlari aniqlangan; 
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarida innovatsion bank 
xizmatlarini rivojlantirish tizimida “Bank-mijoz” etika kodeksi asosiy mezonlari 
ishlab chiqilgan; 
innovatsion bank xizmatlarini ko‘rsatishda istalgan plastik kartasini rasmiy 
web-sayti orqali onlayn tarzda rasmiylashtirish tizimi ishlab chiqilgan. 
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Olimlarning tijorat banklarida 
innovatsion bank xizmatlarini takomillashtirish borasidagi ilmiy-nazariy 
qarashlarini qiyosiy va tanqidiy tahlil qilish, ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish va 
umumlashtirish, ekspert baholash natijalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining ma’lumotlari, shuningdek, 
tijorat banklari amaliyotga joriy qilinganligi bilan belgilanadi. 
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishida 
ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston 
Respublikasida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini 
ishlab chiqishda, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida “Bank ishi”, “Raqamli 
bank xizmatlari”, “Pul muomalasi va banklar” kabi fanlardan o‘quv-uslubiy 
ta’minotni shakllantirish jarayonida keng foydalanish mumkin. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling