Toshkent moliya institut xusanov qaxramon nishonovich tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
- Bank xizmatlarini rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 8 ta,
jumladan 4 ta respublika va 4 ta xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda muhokama qilingan va ijobiy xulosalar olingan. Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 15 ta ilmiy ish, shu jumladan, milliy OAK e’tirof etgan jurnallarda 6 ta, nufuzli xorijiy jurnallarda 1 ta ilmiy maqola, shuningdek, ilmiy- amaliy konferensiyalari to‘plamlarida 8 ta ma’ruza va tezislar nashr ettirilgan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 140 betni tashkil etadi. DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI Dissertatsiyaning kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi va asosiy vazifalari, obyekti va predmeti shakllantirilgan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon etilgan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi, nashr qilingan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. 11 Dissertatsiyaning “Bank xizmatlarini rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida bank innovatsiyalarining mohiyatini o‘rganishga nazariy yondashuvlar, bank innovatsiyalarining turlari va ularning tasnifi, tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan innovatsion texnologiyalari turlari nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Hozirgi davrda ya’ni, XX asr oxirlari va XXI asrning boshlarida insoniyat erishayotgan sohalar bo‘yicha barcha yutuqlarni texnologiyalar va ularning dasturiy ta’minotlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki, har qanday sohani olmang, texnologiyalardan foydalaniladi. Bu nanotexnologiyalardan tortib megatexnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Bugungi texnologiyalarning taraqqiyoti masofadan boshqariladigan va sun’iy intellekt asosida ishlaydigan texnologiyalargacha yetib keldi. Bozor munosabatlarida bank innovatsiyalarining asosiy rag‘batlantiruvchi omili raqobatdir 6 . Tijorat banklarida raqobat, birinchi navbatda, ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarida namoyon bo‘ladi. Bank xizmatlari ayrim muhim parametrlar (masalan, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari darajasi, omonat shakllari, kredit berish shartlari va boshqalar) bilan farqlanadi. Bizning fikrimizcha, bank xizmatlarining bir qator parametrlarini o‘zgartirishni innovatsion faoliyat deb bo‘lmaydi. Masalan, depozitlar uchun shartlarni o‘zgartirish innovatsion faoliyat emas, chunki bunday o‘zgarishlar yangi bank mahsulotining paydo bo‘lishiga olib kelmaydi va yangi original g‘oya emas. Binobarin, tijorat banklarining innovatsion faoliyati prinsipial jihatdan yangi xizmatlarni yaratish va joriy etishdan yoki mavjud xizmatlar parametrlarini o‘zgartirishdan iborat bo‘lib, bu ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasining o‘zgarishiga olib keladi. Bankda ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi xizmatlar ko‘rsatish amaliyoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish texnologiyasining asosini tashkil etadi. Bundan tashqari, eng yangi axborot texnologiyalari va ma’lumotlarni qayta ishlashning elektron vositalari yangi xizmatlarning paydo bo‘lishiga, mijozlarga xizmat ko‘rsatish texnologiyasining yangi imkoniyatlariga yordam beradi. Masalan, elektron to‘lovlarning paydo bo‘lishi mijozlarga o‘z hisobvaraqlaridan kechayu-kunduz foydalanish hamda to‘lov va hisob-kitob operatsiyalarining butun spektrini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi “Bank-mijoz” xizmat ko‘rsatish tizimining paydo bo‘lishiga yordam berdi. Tijorat banklarining innovatsion faoliyati va mijozlarga xizmat ko‘rsatish texnologiyasi o‘rtasidagi bunday bog‘liqlik bankdagi innovatsiyalarning birinchi turi – mahsulot innovatsiyasini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. G‘arb ekspertlari fikricha eng yangi elektron texnologiyalar joriy etilishi bilan xizmatlarni masofaviy ko‘rsatish tendensiyasi kuchaymoqda. 6 Рубинштейн Т.Б. Развитие банковской системы и инновационные банковские продукты (ПК) / Т.Б. Рубинштейн, О.Б. Мирошкина. - М.: Гелиос АРВ, 2002. - 192 с. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling