Iste’molchi ortiqchaligi - iste’molchi tomonidan tovarga to’lashi mumkin bo’lgan maksimal narx bilan tovarning haqiqiy narxi o’rtasidagi farqni bildiradi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, iste’molchining tovar uchun berishi mumkin bo’lgan maksimal narxdan tovarni sotib olishda to’lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga teng.
Iste’molchi ortiqchaligi barcha iste’molchilarning umumiy sof nafini o’lchashga yordam beradi va u yordamida biz bozorni davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi samaradorligini, iste’molchi ortiqchaligini umumiy natijasining o’zgarishini o’lchash asosida aniqlashimiz mumkin.
2. Iqtisodiyotda talab va taklif qonuni, - bu bozorda iste’molchilar tomonidan mahsulot yoki xizmat taklifiga va uning talabiga qarab narxlarning o'zgarishini tavsiflovchi model hisoblanadi.
Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o‘rtasidagi teskari yoki qarama –qarshi bog`liqlikni ifodalaydi.
Taklif qonuni – tovar narxining ko'tarilishi bilan taklif miqdori ko'tariladi va talab miqdori pasayadi. Narx tushishi bilan taklif miqdori tushadi va talab miqdori oshadi. Taklif qonuni shuni ko'rsatadiki, ishlab chiqaruvchilar odatda ko'proq sotish uchun yuqori narxlarda, kamroq esa arzon narxlarda taklif qilishadi.
3. Elastiklik-biror o’zgaruvchining 1% ga o‘zgarishi natijasida boshqa bir o‘zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga o‘zgarishini korsatadigan sondir. Narxga bogʻliq talab elastikligi (rasmda ko‘rsatilgan) tovar narxining bir foizga oʻzgarishi unga boʻlgan talabning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatadi. Agar tovar narxining 10 foizga kamayishi sotuv hajmini 20 foizga oshirsa, bunday tovar elastik hisoblanadi. Narxga bogʻliq talab elastikligi deyarli har doim (Giffen samarasi va Veblen samarasi bundan mustasno) musbat va manfiy qiymatni qabul qilganligi uchun elastiklik darajasi ham manfiy hisoblanadi.
Narxga bog‘liq talab elastikligi
Do'stlaringiz bilan baham: |