Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi
-jadval Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalarni sotib olish va ularning
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Asosiy vositalar auditi pdf
5-jadval
Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalarni sotib olish va ularning dastlabki qiymatini shakllantirishga oid xo‘jalik muomalalarini buxgalterlik hisobining schyotlarida aks ettirishga doir misollar. № Muomalalar Summa so‘m Korrespondensiyalanuv chi schyotlar Dt Kt 1. Sotib olingan yig‘ma mebel uchun schyot-faktura akseptlandi: Xarid qiymatiga to‘langan: QQS summasiga 120000 24000 0820 4510 6010 6010 2. Mebelni tashib keltirgan transport idorasining schyot fakturasi akseptlandi: Ta’rif bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat qiymati qo‘shilgan qiymati solig‘i (QQS) summasiga 15000 3000 0820 4510 6010 6010 3. Mebelni yig‘ish uchun ish haqi hisoblandi. 4000 0820 6710 1. 11 K.Ahmadjanov, I. Yakubov «Audit asoslari». Toshkent, «IQTISOD-MOLIYA»-2020y , 243-bet 34 4. Budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar hisoblandi: ijtimoiy sug‘urta fondiga nafaqa fondiga bandlik xizmati fondiga 1440 80 80 0820 0820 0820 6520 6520 6530 5. Obyekt hisobga qabul qilindi: Dastlabki qiymatiga (0820 schyotni yopish) 140600 0140 0820 6. To‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga o‘tkazildi. 27000 6410 4510 Asosiy vositalarning kirimiga oid muomalalarni tekshirishda obyektlarning dastlabki qiymati to‘g‘ri shakllanganligiga e’tibor berish kerak. Chunki u mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shiladigan, har oylik amortizatsiya (eskirish) summalarini aniqlashda asos hisoblanadi. Bunda 0800- «Kapital qo‘yilmalarni hisobga oladigan schyotlar»ning ma’lumotlari tekshiriladi. Bu schyotlarda sotib olinib yoki qurib bitkazilib, balansga qabul qilinishi lozim bo‘lgan (0120 schyot debeti va 0810 schyotning krediti) obyektning dastlabki (inventar) qiymati aniqlanadi. Umumiy qoidalarga ko‘ra u (QQS) asosiy vositaning dastlabki qiymatiga kiritilmaydi. Lekin ushbu qoidadan amaldagi qonunchilik bilan o‘rnatilgan ayrim mustasnoliklar mavjud. Xususan, qo‘shilgan qiymat solig‘i asosiy vositalar qiymatiga quyidagi hollarda kiritiladi: agar asosiy vositalar imtiyoz berilgan (QQS to‘lashdan ozod qilingan) mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish uchun sotib olingan bo‘lsa, hisob va hisobot tizimining soddalashtirilgan rejimida ishlaydigan kichik tadbirkorlik sub’ektlari asosiy vositalarni sotib olganida asosiy vositalar budjet ajratma (assignovaniya) lari hisobidan sotib olinganda; • korxonada yangi qurilish pudrat usulida amalga oshirilganda, qurilish bo‘layotgan vaqtda pudratchiga to‘langan QQS qurilayotgan obyektning inventar qiymatiga qo‘shiladi. Qurilish xo‘jalik usuli bilan amalga oshirilganda ham korxona har oyda 0810 «Tugallanmagan qurilish» schyoti debetida oy davomida aks ettirilgan xarajatlar summasiga nisbatan belgilangan miqdorda budjetga QQS hisoblaydi (Debet 0810 schyot, Kredit 6410 schyot). Auditor pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olingan, qurib bitkazilgan, tayyorlangan 35 asosiy vositalar obyektlariga doir xarajatlar, mazkur obyektning dastlabki (inventar) qiymati shakllanadigan, 0810, 0820, 0840 va 0890 schyotlarda hisobga olinayotganligini tekshirishi lozim. Bunda asosiy vositalarning dastlabki (inventar) qiymatiga qo‘shiladigan xarajatlarning tarkibi, ularning mazkur obyektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling