Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Asosiy vositalar auditi pdf
21 3. Asosiy vositalarni hisobi bilan bog’liq operatsiyalar auditining xususiyatlari Asosiy vositalar mavjudligini tekshirish uchun analitik hisobni tashkil etish o‘rganiladi (bu haqda keyingi mavzuda batafsil ma’lumot beriladi). Shuningdek, auditor asosiy vositalar qanday saqlanayotganligini va ularni inventarizatsiya qilish natijalarini ham tekshirishi lozim. Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishni tekshirishda auditor dastlabki hujjatlar - iventarizatsiya ro‘yxatlari (inv-1, inv-10, inv-18-shakllar), inventarizatsiya komissiyasi majlis bayonnomalarini, inventarizatsiya natijalari bo‘yicha korxona rahbariyatining qarorini o‘rganadi. Inventarizatsiya materiallarini tekshirish auditorga auditorlik risklari va auditorlik amallarini tuzatish uchun, ichki nazorat natijalariga qanchalik tayanish mumkinligiga ishonch hosil qilishi uchun zarur. Bunda u inventarizatsiya o‘tkazishda №19 – «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli BHMS umumiy qoidalariga, xususan 24-29 bandlariga rioya qilinganligini aniqlaydi. Shu bilan birga auditor inventarizatsiya natijasida oshiqcha va kam chiqqan asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi va soliqqa tortilishining to‘g‘riligini ham tekshiradi. Bunda auditor O‘zbekiston Respublika Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 23-iyunda 1054-raqam bilan ro‘yxatga olingan «Inventarizatsiyada aniqlangan mulklar kamomadi va oshiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish to‘g‘risidagi qaror»ga rioya qilinganini tekshiradi. Ushbu hujjatga muvofiq inventarizatsiyada aniqlangan asosiy vositalar kamomadi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi: a) kam chiqqan asosiy vositalar obyektining dastlabki (tiklash) qiymatini hisobdan o‘chirishda Debet 9210-«Asosiy vositalarning chiqimi» schyoti Kredit 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar» (0110-0199) b) kam chiqqan asosiy vositalar obyekti bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasini 22 hisobdan o‘chirish. Debet 0200-«Asosiy vositalar eskirishini hisobga oladigan schyotlar» (0211- 0299). Kredit 9210-«Asosiy vositalarning chiqimi» schyoti v) kam chiqqan asosiy vositalar obyektining qoldiq qiymatiga Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilish va turli chiqimi» schyoti Agar baholash natijasida obyektning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan obyekt qoldiq qiymatidan yuqori bo‘lsa, olingan daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 4730 –«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzlari» schyoti aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim Kredit 9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim Kredit 9310 – «Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda» schyoti aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan bozor qiymati va qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq summaga (olingan daromad) Olingan daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi. Agar baholash natijasida obyektning bozor bahosi (undiriladigan summa) kam chiqqan obyektning qoldiq qiymatidan past bo‘lsa, ko‘rilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzlari» schyoti aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan bozor qiymatiga. Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti tegishli analitik schyoti – aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan bozor qiymati va qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq summaga (ko‘rilgan zarar summasiga) 7 7 11. Xamdamov B., Ilxomov Sh., Karimov N., Masharipov O., Xojiyev M. Amaliy audit. Darslik-T.: “Iqtisod- Moliya”, 2021y. – 360 b. 23 Kredit 9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining «Moddiy boyliklarning kamomadi va buzulishi bo‘yicha zararlar» analitik schyoti kam chiqqan asosiy vosita obyektining qoldiq qiymatiga. Ko‘rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi. Kamomadning aniq aybdor topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda kam chiqqan asosiy vositalarni hisobdan o‘chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. a) kam chiqqan asosiy vositalarning dastlabki (tiklash) qiymatini hisobdan o‘chirish. Debet 9210 – «Asosiy vositalarning chiqimi» Kredit 0100 – «Asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar» (0110-0199) b) amortizatsiya summasini hisobdan o‘chirish Debet 0200 – «Asosiy vositalar eskirishini hisobga oladigan schyotlar» (0211- 0299) Kredit 9210-«Asosiy vositalarning chiqimi» schyoti. v) ko‘rilgan zarar summasini hisobdan o‘chirish. Debet 9430–«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining «Asosiy vositalar realizatsiyasi va turli chiqimi bo‘yicha zararlar» analitik schyoti Kredit 9210 – «Asosiy vositalarning chiqimi» schyoti. Ko‘rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi. Inventarizatsiyada aniqlangan hisobga olinmay qolgan asosiy vositalar obyektlari shularga o‘xshash obyektlarning oshiqcha chiqish aniqlangan sanadagi bozor qiymati bo‘yicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi (oshiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) hisobga olinmay qolgan asosiy vositalarni bozor bahosi bo‘yicha kirimga 24 olish. Debet 0100 – Asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar» (0111-0199) Kredit 9310 – «Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda. Olingan daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi. Hisobga olinmay qolgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ular asosiy vositalar tarkibiga qo‘shilgan paytdan boshlab umumiy belgilangan tartibda hisoblanadi. Kuzatib chiqish amallari yordamida asosiy vositalarga doir quyidagi ma’lumot manbalarining o‘zaro mosligini tekshirish amalga oshiriladi: * moliyaviy hisobot shakllarining asosiy vositalarga doir ko‘rsatkichlari; * moliyaviy hisobot shakllari va bosh daftar ko‘rsatkichlari; * Bosh daftar, sintetik va analitik hisob registrlari ko‘rsatkichlari. Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir shakllari ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslash natijalari jadvalda ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Keyinchalik Bosh daftar ma’lumotlarini sintetik va analitik hisob registrlari ko‘rsatkichlari bilan solishtirish natijalari bo‘yicha tekshiruv davom ettiriladi. Asosiy vositalar analitik hisobining inventar kartochkalari ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. Auditor asosiy vositalar guruhlari bo‘yicha harakat ko‘rsatkichlarini inventar kartochkalar bo‘yicha analitik hisob ma’lumotlari bilan mosligini tekshirishi mumkin. Auditor tekshiruvning mazkur bosqichida kuzatib chiqish amallari yordamida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining analitik va sintetik hisob registrlarida aks ettirilishini, Bosh daftar yozuvlarini tekshiradi. Natijada u asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘g‘ri aks ettirilganligiga ishonch hosil qiladi Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling