Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi
− obyektlarni asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar qatoriga olib borish uchun ular qiymatining belgilangan chegaralari; −
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Asosiy vositalar auditi pdf
− obyektlarni asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar qatoriga olib borish uchun ular
qiymatining belgilangan chegaralari; − qiymatidan qat’i nazar asosiy vositalar qatoriga olib boriladigan obyektlar ro‘yxati; − asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash usullari; − asosiy vositalarni ta’mirlash uchun qilingan xarajatlarni aks ettirish − tartibi; − hisobot yilining 1 yanvar holatiga asosiy vositalarni qayta baholash ko‘zda tutilganligi; − asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish muddatlari; − asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olish uchun ishchi schyotlar rejasida belgilangan schyotlar ro‘yxati. Asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olishda qo‘llaniladigan va tekshiruvda auditor tomonidan jalb qilinadigan, sintetik va analitik hisob registrlari buxgalteriya hisobining korxonada qo‘llanilayotgan shakliga bog‘liq. Ularga 0110-0199, 0211-0299, 0310 schyotlar bo‘yicha sintetik hisob registrlari, sintetik va analitik hisob bo‘yicha oborot vedomostlari, saldo vedomostlari kiradi. Asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar, odatda, dastlabki hujjatlarning unifikatsiyalangan (yagona shaklga keltirilgan) shakllari bilan, ayrim hollarda esa korxonada ishlab chiqilgan va hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq bilan tasdiqlangan dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Auditor tekshiruv chog‘ida moliyaviy hisobotning quyidagi shakllaridan foydalanadi: − buxgalteriya balansi (1-shakl); − moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl); − pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (4-shakl); − xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl); − izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar. 17 Buxgalteriya balansi (1-shakl)da korxonaga mulkiy huquq asosida, tezkor boshqaruv va xo‘jalik yuritish uchun taalluqli bo‘lgan asosiy vositalar I - «Uzoq muddatli aktivlar» bo‘limidagi «Asosiy vositalar» moddasida boshlang‘ich qiymati, eskirish va qoldiq qiymatlari bo‘yicha batafsil beriladi. Asosiy vositalar balansda NETTO bahosi ya’ni qoldiq qiymati bo‘yicha aks ettiriladi (belgilangan tartibga muvofiq qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya hisoblanmaydigan) asosiy vositalar obyektlaridan tashqari). «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot» (3-shakl) bo‘yicha quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganiladi: Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling