Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi


shaxsan to‘la moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/23
Sana08.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1251061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Asosiy vositalar auditi pdf

shaxsan to‘la moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzilganligini aniqlash;
• 
tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan va ro‘yxatga olinmagan yuridik hamda jismoniy 
shaxslar bilan asosiy vositalar ijarasi bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni o‘rganish:;
• 
buxgalteriyada asosiy vositalar kartotekasi (AV-6 va AV-8 shaklidagi inventar 
kartochkalar) va kompyuterda yoki qo‘lda bajariladigan variantdagi aniq inventar 
ro‘yxati (AV-9 shakl) yuritilishiga ishonch hosil qilish lozim;
• 
ishdan bo‘shab ketgan moddiy javobgar shaxslar haqida ma’lumotlar (buyruqlar, 
xodimlar ro‘yxati)ni o‘rganish ;
• 
asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi me’yoriy 
hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi (unifikatsiyalangan) 



idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan korxona buxgalteriyasi qay 
darajada ta’minlanganligini aniqlash.
Shu tarzda olingan ma’lumotlar auditorga mazkur korxonada asosiy vositalar 
hisobining tashkil etilishi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish imkonini va 
tekshiruvda maxsus e’tibor berish lozim bo‘lgan masalalarni aniqlashga yordam beradi.
Auditor asosiy vositalar hisobiga doir muomalalarni tekshirishni boshlashidan 
oldin ichki nazoratning ahvolini test usulida aniqlashi maqsadga muvofiqdir. Bu 
nafaqat ichki nazorat tizimining ishonchliligini baholash, balki auditorlik tekshiruvi 
o‘tkazish dasturiga tuzatish kiritishga ham imkon yaratadi.
1-jadval 
Asosiy vositalar hisobini tekshirish bo‘yicha ichki nazorat tizimining ahvolini 
aniqlash testi.
4
№  
Test savolining mazmuni  
Javoblar  
Ha  Yo‘q  Eslatma  
1.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha komissiya 
tuzish to‘g‘risida buyruq borligi?

2.
Hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyruqda asosiy 
vositalarni inventarizatsiya qilish usullari va muddatlari 
ko‘rsatilganmi?

3.
Inventarizatsiya belgilangan muddatlarda o‘tkazilganmi?

4.
Asosiy vositalar oxirgi marta qachon inventarizatsiya 
qilingan?

2 yil oldin
5.
Inventarizatsiya natijalari hisobda aks ettirilganmi?
So‘nggi
2 yilda inv-ya
o‘tkazilmagan
6.
Asosiy vositalarni saqlash va ishlatish joylari hisob 
registrida aks ettirilganmi?

7.
Asosiy vositalarning foydalanish joylarida saqlanishi 
uchun mas’ul shaxslarni tayinlash to‘g‘risida buyruqlar 
borligi?

8.
Asosiy vositalarni saqlash uchun mas’ul shaxslar bilan 
to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar 
tuzilganmi?

9.
Korxonada asosiy vositalar hisobiga doir dastlabki 
hujjatlarning uni-fikatsiyalangan shakllari qo‘llaniladimi?

To‘liq emas
4
Muallif tomonidan tuzilgan 


10 
10.
Asosiy vositalar hisobi bo‘yicha hujjatlar aylanish 
rejagrafigi tuzilganmi?

11.
Bosh buxgalter tomonidan hujjatlar aylanish reja-grafigiga 
rioya qilish ustidan nazorat amalga oshirilganmi?

12.
Asosiy vositalar obyektlari yongin va boshqa tabiiy 
ofatlardan sug‘urta qilinganmi?

13.
Asosiy vositalar turkumlanganmi?

14.
Asosiy vositalar kodifikatori ishlab chiqilganmi?

15.
Inventar kartochkalar mavjudmi va ular ishlatiladimi?

16.
Analitik hisob ma’lumotlari sintetik hisob registrlari bilan 
taqqoslanganmi?

Ha, faqat balans 
tuzish paytida
17.
Asosiy 
vositalarni 
hisobdan 
chiqarish 
bo‘yicha 
dalolatnomalar va boshqa hujjatlar rahbar tomonidan 
tasdiqlanganmi?

18.
Korxonada ijaraga olingan (operativ moliyalanadigan 
lizing) asosiy vositalar mavjudmi?

19.
Amortizatsiya hisoblash usuli tanlanganmi?

Chiziqli usul
qo‘llaniladi
20. Ta’mirlash xarajatlarini hisobga olish varianti tanlanganmi?

Haqiqiy 
xarajatlar 
bo‘yicha
Ushbu keltirilgan testdan shunday xulosa qilish mumkinki, tekshiruv 
o‘tkaziladigan korxonada hisobot davrida inventarizatsiya o‘tkazilmagan, hisob 
siyosatida ayrim obyektlarni inventarizatsiya qilish tartibi va muddatlari 
belgilanmagan. Natijada, tekshiruv chog‘ida asosiy vositalar obyektlarini tanlab 
inventarizatsiya qilish zarur. Mazkur korxona bo‘linmalarida asosiy vositalar hisobiga 
doir muomalalar ustidan ichki nazoratning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida 
sezilarli xatolarga yo‘l qo‘yish xavfi katta.
Bosh daftarda aks ettirilgan 0110-0199, 0211-0299, 0310, 0710, 0720, 0810, 
0820, 0840, 0850, 0860, 0890, 0920, 4810, 4820, 4830, 6910, 6920, 7910 sintetik 
schyotlar qoldiqlarining mos ravishda analitik hisob registrlari va buxgalteriya balansi 
ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash zarur. Ular barcha pozitsiyalar bo‘yicha: oy 
boshiga qoldiq, oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiqlar bir-biriga to‘g‘ri kelishi lozim. 


11 
Agar tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va korxonaga asosiy 
vositalarni, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital qo‘yilmalarni, tuzilgan lizing 
shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni inventarizatsiya qilish tavsiya etiladi. So‘ngra 
korxonaning asosiy vositalarni hisobga olish bo‘yicha qabul qilingan hisob yuritish 
siyosati bilan tanishish zarur. Bunda, asosan, quyidagilarga e’tibor berish lozim:

korxonada asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qo‘llash qabul 
qilinganligi;

korxonada asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning qanday 
tartibi qabul qilinganligi, asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezervga mablag‘ ajratish 
mexanizmidan foydalanib, ya’ni ta’mirlash fondi (8910-schyot bo‘yicha «Ta’mirlash 
fondi» subschyotini qo‘llash) tashkil etish yoki tashkil etmaslik.
Korxonada qabul qilingan hisob yuritish siyosati auditor xulosasida aks ettirilishi 
lozim.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan 
o‘tkazish ketma-ketligining umumiy chizmasini quyidagicha tasvirlash mumkin.


12 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling