Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi


− 2-Jadval  Audit o‘tkazish ketma-ketligining bayoni


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/23
Sana08.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1251061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Asosiy vositalar auditi pdf

− 2-Jadval 
Audit o‘tkazish ketma-ketligining bayoni
5
(jurnal-order shakli bo‘yicha) 
№ 
Tekshiruv bosqichlari 
1. Inventar ro‘yxat (AV-7 shakl) (yoki daftar)dagi barcha obyektlar dastlabki qiymat summalarini 
balansning 012 satri bilan (yil boshiga va oxiriga) va hisoblangan eskirish summasini 011 satri 
bilan (yil boshi va oxiriga) solishtirish.
2. Amortizatsiya hisoblash usulining to‘g‘ri tanlanishi, koeffitsientlar va hisob-kitoblar 
to‘g‘riligini tekshirish; asosiy vositalarning qayta baholanishini tekshirish.
3. «Asosiy vositalar inventar ro‘yxati» (AV-7 shakl) (yoki daftari) va «Asosiy vositalarni qabul 
qilish-topshirish dalolatnomalari (AV-1, AV-2 shakllar)da aks ettirilgan summalar tengligini 
solishtirish yo‘li bilan tekshirish.
4. «Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnoma» larining (AV-1, AV-2) to‘g‘ri 
rasmiylashtirilishini tekshirish.
5. «Asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar» (AV-6 va b. )da aks ettirilgan 
inventar qiymatga tengligini tekshirish.
6. Asosiy vositalar kartotekasini yuritish va inventar kartochkalar to‘lg‘azilishining to‘g‘riligini 
tekshirish.
7. Tugatilgan (hisobdan chiqarilgan) asosiy vositaning «Asosiy vositalar inventar ro‘yxati» (AV-
7 shakl) (yoki dafta-ri)da aks ettirilgan qiymati va «Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish 
dalolatnomalari» (AV-3, AV-4 shakllar) da aks ettirilgan qiymati tengligini tekshirish.
8. «Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomalari» (AV-3, AV-4 va b. ) to‘g‘ri 
rasmiylashtirilishini tekshirish.
9. Tekshiruv uchun tanlangan asosiy vositalar guruhi (turkumi) bo‘yicha summalarning «asosiy 
vositalar inventar ro‘yxati» (AV-7-shakl) (yoki daftari)dan 0110-0190 schyotlar bo‘yicha 
oborot vedomostiga o‘tkazilishining to‘g‘riligini tekshirish.
10. 0110-0199 schyotlar bo‘yicha hisobot davri oxiriga chiqarilgan qoldiqlar to‘g‘riligini tekshirish. 
0110-0199 schyotlar bo‘yicha tegishli hisobot davri oxiriga chiqarilgan qoldiqlarning, oborot 
vedomostlardagi aynan shu hisobot davri oxiriga chiqarilgan qoldiqlarga mosligini tekshirish.
11. №13-ASK Jurnal-order «hammasi» degan satridagi 0110-0199 schyotlarning kredit oborotlarini 
tegishli hisobot davri uchun oborot vedomostlaridagi aynan shu schyotlar bo‘yicha kredit 
oborotlari bilan solishtirish.
12. №13-ASK Jurnal-orderining «hammasi» degan satridagi summa va 0110-0199 schyotlarning 
krediti bo‘yicha yozuvlar yoziladigan tomonidagi 1-27-satrlar summalar tengligini tekshirish. 
№13 – ASK jurnal-orderning 0210-0299 schyotlar krediti bo‘yicha yozuvlar yoziladigan 
qismidagi «hammasi» degan satr summasi va 1-6-satrlar summalari tengligini tekshirish.
13. Tegishli oy bo‘yicha: Bosh daftarning 18 grafasidagi summaning №13-Jurnal-orderdagi 0110-
0199 schyotlar krediti bo‘yicha «hammasi» degan yozuvga tengligini tekshirish.
14. 0110-0199 schyotlar bo‘yicha debet oborotlarini jamlashning to‘g‘riligini tekshirish.
15. Bosh daftarning: 19-grafasidagi 0110-0199 schyotlar bo‘yicha debet qoldiqlarning Balans 012 
satridagi summaga; 20-grafasidagi 0210-0299 schyotlar bo‘yicha hisobot davri oxiriga kredit 
qoldiqlarning Balans 011-satridagi summaga tengligini tekshirish.
5
Muallif tomonidan tuzilgan 


14 
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan o‘tkazishda foydalaniladigan 
manbalar buxgalterlik hisobning korxonada qabul qilingan tashkiliy shakliga ham 
bog‘liq. Bular hisobni qo‘lda yuritish sharoitida: jurnal-orderlar, vedomostlar
kartochkalar: avtomatlashtirilgan hisob sharoitida esa kompyuter dasturlari, 
mashinagrammlaridir. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hisobning har qanday shakli 
sharoitida ham asosiy vositalarning harakatiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi, 
xo‘jalik ichidagi siljishi, ta’mirlanishi) me’yoriy hujjatlar va dastlabki 
hujjatlashtirishning unifikatsiyalangan idoralararo shakllari bilan rasmiylashtirilishi 
lozim. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling