Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Asosiy vositalar auditi pdf
huquqining talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash zarur.
Auditorga asosiy vositalar obyektlarini yaratish, sotib olish, berish shartnomalari, zarur hollarda esa - qonunchilikka muvofiq oldi-sotdini ro‘yxatga olish guvohnomasi taqdim qilinadi. Asosiy vositalarning to‘g‘ri baholanganligini aniqlash asosiy vositalar mavjudligi va harakatini tekshirish chog‘idagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki mulk solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar, shuningdek, korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini aks ettirish va hisobot tuzish shunga bog‘liq. Auditor tekshiruv o‘tkazishda asosiy vositalarni hisobga qabul qilish uchun asos bo‘lgan dastlabki hujjatlarni (AV-1, AV-6 va boshqa shakllar) jalb qiladi. Asosiy vositalarni baholashning to‘g‘riligini tekshirish yoppasiga (obyektlar soni unchalik katta bo‘lmaganda) yoki tanlab o‘tkaziladi. 19 Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi hamda asosiy vositalar obyektlarini sotib olish usuliga bog‘liq. Auditor O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq asosiy vositalar oldi-sotdi shartnomalarining mavjudligi va rasmiylashtirilishini, ayrim xarajatlarni asosiy vositalar qiymatiga qo‘shishning qonuniyligini; tugallangan qurilish obyektlari inventar qiymatining to‘g‘ri aniqlanganligi; qo‘shimcha qurilganidan va qo‘shimcha jihozlanganidan, qayta jihozlanganidan, zamonaviylashtirilganidan yoki qisman tugatilganidan so‘ng obyekt qiymati to‘g‘ri aniqlanganligini tekshiradi. Bunda auditor №21 BHMS ga muvofiq kiritilgan o‘zgartishlarga alohida e’tibor qaratishi zarur. Xususan, asosiy vositalarni sotib olish va qurish bilan bog‘liq, ammo belgilangan tartibga ko‘ra asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qo‘shilmaydigan xarajatlar 2002-yil 1-yanvardan obyektlarning dastlabki qiymatiga qo‘shilmasdan, 9439 schyot debetiga olib borilganligiga e’tibor berishi kerak. Auditor baholarni kelishish bayonnomasi va ta’sis hujjatlarida asosiy vositalar baholanishining aks ettirilishi; boshqa xarajatlarni asosiy vositalar dastlabki qiymatiga qo‘shishning qonuniyligi; bozor baholarini qo‘llashning ishonchliligini tekshiradi. Asosiy vositalar bozor bahosini aniqlash uchun aynan shularga o‘xshash mahsulotlar baholari to‘g‘risida tayyorlovchi – tashkilotlarning yozma ravishda bergan ma’lumotlaridan; ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan baholar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan; ayrim asosiy vositalar obyektlarining qiymati to‘g‘risida ekspert xulosalaridan foydalanish mumkin. Bunday asosiy vositalarni tashib keltirish bo‘yicha korxona tomonidan qilingan xarajatlar ham obyekt qiymatiga qo‘shiladi. Chet el valutalari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni baholash chet el valutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, asosiy vositalar obyektini sotib olish sanasiga amal qilayotgan valuta kursi bo‘yicha so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 20 Auditor kontrakt shartlariga muvofiq mulkka egalik huquqining o‘tish vaqti to‘g‘ri aniqlanganligi; asosiy vositalarni sotib olish bilan bog‘liq bojxona to‘lovlari va boshqa chiqimlarning sotib olingan asosiy vositalar qiymatiga qo‘shilganligini tekshirishi lozim. Auditor asosiy vositalarni baholashning to‘g‘riligini tekshirish chog‘ida asosiy vositalar dastlabki qiymatining o‘zgarish hollari bo‘lganligiga, qanday sabablar (qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha jihozlash, qayta jihozlash, qisman tugatish) o‘zgarishga olib kelganligiga, kapital qo‘yilmalarga doir xarajatlar 0810, 0820, 0840, 0850, 0860 va 0890-schyotlarda aks ettirilganligiga e’tibor qaratishi lozim. So‘nggi yillarda asosiy vositalarni qayta baholashni tekshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 21-BHMSga muvofiq korxonalarda asosiy vositalar obyektlarini qayta baholash summalari 8530–«Mulklarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotida aks ettiriladi. Bunday tekshiruv qayta baholash natijalari rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: barcha asosiy vositalar to‘lig‘iga yoki ularning bir qismi qayta baholanganligi; asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan yer uchastkalari va tabiiy foydalanish obyektlari qayta baholanganligi; qayta baholash qanday usullar yordamida o‘tkazilganligi (indeksatsiya qilish yoki hujjat bilan tasdiqlangan bozor baholari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisoblab o‘tkazilishi va h. k.); bozor baholarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi; hisob-kitoblar to‘g‘riligini tanlab tekshirish; qayta baholashdan so‘ng eskirganlik darajasi o‘zgarganligi, qayta baholash natijalarining inventar kartochkalarida aks ettirilganligi, qayta baholash natijalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘g‘ri aks ettirilganligi, qayta baholash natijalarining hisobot tuzishda hisobga olinganligi va shu kabilar. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling