Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/23
Sana08.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1251061
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Asosiy vositalar auditi pdf

shartnomalar tuzilganligi, shartnomalarning bir nusxasi moddiy javobgar shaxslarning 
hujjatlar to‘plami (shaxsiy delosi) da, ikkinchi nusxasi esa shu xodimlarning o‘zlarida 
saqlanayotganligi tanlab tekshirilishi lozim.
Bulardan tashqari, auditor barcha moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarni 
o‘z javobgarligiga olganligini tasdiqlab inventarizatsiya vedomostlarida imzo 
qo‘yganliklari hamda asosiy vositalarning keyingi kirimlari esa ularning dastlabki 
hujjatlardagi imzolari bilan tasdiqlanganini tekshiradi.
Amaliyotda eng ko‘p uchraydigan kamchiliklardan biri - korxonalar bunday 
kartochkalarni yuritishni ortiqcha ish deb hisoblaydilar (korxona buxgalteriyasida 
inventar ro‘yxatlarning borligini nazarda tutib), inventar kartochkalarni yuritadigan 
korxonalar esa hamma vaqt ham bu kartochkalarning rekvizitlarini to‘liq to‘lg‘azishga 
rioya qilmaydilar.
Bulardan tashqari, asosiy vositalar kirimga olingan, hisobdan chiqarilgan va 
korxona ichida joyi (moddiy javobgar shaxslar) o‘zgartirilganda, ularning inventar 
kartochkalariga bu haqda tegishli yozuvlar yozilganidan keyin, oy oxirigacha joy-


30 
joyiga qo‘yilmasdan alohida saqlanganligi aniqlanadi. So‘ngra shu kartochkalar 
asosida har oyda asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) ni hisob-kitobi tuzilib, 
ularning har bir turi bo‘yicha jamlangan kirim, chiqim oborotlari va shu asosda tuzilgan 
«Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi» (AV-8 shakl) ma’lumotlar ham 
tekshiriladi.
Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi (AV-8 shakl) joriy yilning 
1 yanvariga ochilib, unda asosiy vositalarning mavjud qoldiqlari turlari bo‘yicha 
ko‘rsatilishi lozim. Undagi oylik oborotlar va oy oxiriga, ya’ni keyingi oyning 1-
sanasiga chiqarilgan qoldiqlari tekshiriladi. So‘ngra uning ma’lumotlariga asosan 
tuzilgan asosiy vostalarning oborot vedomostlari tekshirilib, yakunlari esa Bosh 
daftardagi yakunlar bilan solishtirilib chiqiladi. Shular asosida «Asosiy vositalarning 
mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi hisobot» (3-shakl) ma’lumotlari tekshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, inventar kartochkalarini korxona buxgalteriyasida 
tasnifiy guruhlar bo‘yicha, ularning ichida esa ishlatilish joylari bo‘yicha saqlash yillik 
moliyaviy hisobot tuzishda asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot (3-shakl) ni 
to‘ldirishni osonlashtiradi. Auditor buxgalteriya xodimlarining e’tiborini ushbu holatga 
qaratmog‘i lozim. Agar hisob jarayonlari avtomatlashtirilgan bo‘lsa, kartochkalarni 
qo‘lda to‘lg‘azishga ehtiyoj qolmaydi. Bunda axborotlar korxonada mavjud bo‘lgan 
analitik hisob mashinagrammalarida saqlanadi, lekin ular AV-6 shakldagi 
kartochkalarda hisobga olinadigan pozitsiyalardan kam bo‘lmasligi lozim.
Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to‘g‘riligini tekshirishdan maqsad sotib 
olingan asosiy vositalar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini va foydalanishga 
topshirilgan obyektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan iborat.
Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur:
− 
sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining ro‘yxatini (miqdori va qiymati 
ko‘rsatilgan holda) olish, olingan ma’lumotlarni 0110-0190 schyotlarning debet 
oborotlari bilan taqqoslash;  
− 
yangidan sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining jismonan mavjudligi va 


31 
dastlabki hujjatlarini tekshirish;  

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling