Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi
− asosiy vositalar alohida turlarining hisobot davri boshi va oxiriga mavjudligi hamda hisobot davri davomidagi harakati (kirimi, chiqimi). −
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Asosiy vositalar auditi pdf
− asosiy vositalar alohida turlarining hisobot davri boshi va oxiriga mavjudligi hamda
hisobot davri davomidagi harakati (kirimi, chiqimi). − Asosiy vositalar dastlabki qiymati (tiklash qiymati) bo‘yicha ko‘rsatiladi; − barcha asosiy vositalar, shuningdek, ularning ayrim guruhlari: binolar va inshootlar, mashinalar, qurilmalar, transport vositalari va boshqalar; − butunligicha yoki ayrim turlari (binolar, inshootlar va hokazo) bo‘yicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshiga va oxiriga mavjudligi; − konservatsiyaga qo‘yilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshi va oxiriga mavjudligi. Moliyaviy hisobotga tushuntirish va izohlarda №1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) dagi qoidalardan kelib chiqib, quyidagilar to‘g‘risidagi axborotlar bayon qilinadi (ochib beriladi): − asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga qabul qilingandagi qiymati-ning o‘zgarishi (qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha jihozlash, qayta jihozlash va qisman tugatish hollari ham qo‘shilib); − korxonada asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatlarini belgilash (asosiy guruhlari bo‘yicha); − qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya qilinmaydigan) asosiy vositalar; Aniqlangan xatolar auditorlik hisobotida tafsilotlari bilan aks ettirilishi lozim. 18 Zarur hollarda auditor qarama-qarshi tekshiruv o‘tkazishi ham mumkin. Amaliyotda asosiy vositalar harakatiga oid muomalalarini ixtiyoriy shakldagi (o‘zboshimcha tuzilgan) hujjatlar bilan rasmiylashtirish kabi qonunbuzarlik hollari ham ko‘plab uchraydi. Asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan maqsad buxgalteriya hisoboti moddalarining haqqoniyligini ta’minlashdan iborat. Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim qiymati korxonada belgilab qo‘yilgan chegaradan past bo‘lgan obyektlar yoki qiymatidan qat’i nazar xizmat muddati 12 oydan kam bo‘lgan obyektlar asosiy vositalar qatoriga o‘tib qolmaganligi; korxonada asosiy vositalar inventar va xo‘jalik ashyolari qatoriga va aksincha o‘tkazilmaganligi; bunda shuni nazarda tutish zarurki, obyekt qiymatining chegarasi obyektni sotib olish (foydalanishga topshirish) sanasiga aniqlanadi. Asosiy vositalarni inventar va xo‘jalik ashyolari qatoriga asossiz o‘tkazish auditorlik tekshiruvi chog‘ida aniqlanadigan xatolardan biridir. Ko‘p hollarda bunday o‘tkazishning sababi korxonaning amortizatsiya hisoblash ishlarini kamaytirishga intilishi hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvi chog‘ida korxonaning asosiy vositalar obyektlariga mulkiy Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling