408
Byudjet huquqi – davlatbyudjeti mablag‘larini
shakllantirish, taqsimlash va
ulardan foydalanish bo‘yicha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soluvchi moliyaviy-huquqiy normalar majmui;
Byudjet huquqi subyektlari – davlatpul mablag‘larining markazlashtirilgan
jamg‘armasini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanish bilan bog‘liq
munosabatlarda qonunchilik bilan tegishli yuridik majburiyat va huquqlar berilgan
davlat va uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari, davlat hokimiyati va barcha
darajadagi boshqaruv organlari, davlat
va munitsipal korxonalar, tashkilotlar va
muassasalar;
Byudjet jarayoni – byudjetloyihasini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va
ijro etish,
ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va
tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadigan
maqsadli faoliyat;
Byudjet jarayoni bosqichlari – byudjetloyihasini tuzish, uni ko‘rib
chiqish
va tasdiqlash, byudjetni ijro etish va uning nazoratini olib borish, byudjetning ijrosi
to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlashdan iborat bo‘lgan uzluksiz
jarayon;
Do'stlaringiz bilan baham: