Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish bosqichi (2003-2017-yillar)ning asosiy
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish bosqichi (2003-2017-yillar)ning asosiy
yo’nalishlari: − zamonaviy markazlashgan g’aznachilik tizimini shakllantirish; − yangi byudjet tasnifi va buxgalteriya hisobining yangi hisoblar rejasiga asoslangan yagona byudjet va hisob tizimini yo’lga qo’yish; − o’rta muddatli byudjet strategiyasini va dasturiy byudjetlashtirishni joriy qilish, − byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish asosida byudjet faoliyatini rivojlantirish; − davlat byudjeti daromadlarining barqarorligini ta’minlash asosi sifatida soliq siyosatini yanada takomillashtirish va sh.k. 75 ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan kapital mablag‘lar hajmini oshirish; − byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish. 6.3. O‘zbekiston Respublikasining yaqin va o‘rta istiqboldagi byudjet-soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqaro- lik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasini amalga oshirish yo‘lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma’ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o‘rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.Shularning asosida 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 13 ishlab chiqildi. Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadi – olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir 14 . Ushbu maqsadga erishish uchun Harakatlar strategiyasida O‘zbekiston Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling