68
− byudjet taqchilligini boshqarish siyosati;
− byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish siyosati kabilarning uyg‘unligi
asosida amalga oshiriladi.
Demak,
byudjet siyosati – davlat moliya siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib,
umumdavlat moliyaviy resurslarini (manbalarini)
shakllantirish va jalb etish,
taqsimlash, ulardan maqsadga muvofiq foydalanishga qaratilgan davlatning chora-
tadbirlari va asosiy yo‘nalishlari yig‘indisidir.
Byudjet siyosatining asosiy vazifalari qatorida quyidagilarni ta’kidlash
muhim:
− davlat byudjetining barqaror daromad bazalarini mustahkamlash;
− iqtisodiyot ustivor tarmoqlarining rivojlanishini rag‘batlantirish;
− fan-texnika taraqqiyotining jadallashuviga ta’sir ko‘rsatish;
− mamlakatda kambag‘allik va ijtimoiy tengsizlikka
barham berish;
− rivojlanish istiqboli yuqori bo‘lmagan hududlarning
rivojlanishiga shart-
sharoitlar yaratish;
− bu hududlardagi aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va shu yo‘llar
bilan siyosiy va ijtimoiy beqarorlikning oldini olish;
− davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarning
sifatli va aholi
ijtimoiy muhofazasining manzilli bo‘lishini ta’minlash;
− byudjet siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlovchi
maqbul byudjet mexanizmini ishlab chiqish va uning samarali ishlashini ta’minlash
va sh.k.
By`udjet siyosatio‘z-o‘zidan yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin emas.
Byudjet siyosatining ahamiyatini baholash uchun jamiyatning
ehtiyoji qanchalik
Do'stlaringiz bilan baham: