Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
 
1. Byudjet kodeksining mazmuni va byudjet munosabatlarini tashkil 
qilishdagi ahamiyatini sharhlab bering. 
2. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining zarurligi va ahamiyati nimada? 
Misollarda tushuntiring. 
3. “Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari va davlat byudjeti parametrlari 
to‘g‘risida”gi Prezident Qarorlarining mazmunini tushuntiring.
Mavzu yuzasidan topshiriqlar 
 
1. Byudjet qonunchiligini aks ettiruvchi klasster tuzing va izohlab bering. 
2. Byudjet qonunchiligini tashkil qiluvchi hujjatlar ro‘yxatini tuzing va har 
biriga qisqacha izoh yozing. 
3. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksini tayyorlash zarurligini keltirib chiqargan 
omillar haqida ma’lumot tayyorlang. 
4. Xorijiy davlatlarda byudjet qonunchiligi to‘g‘risida taqdimot tayyorlang. 


67 
 
6-BOB. DAVLATNING MOLIYAVIY SIYOSATI 
6.1. Byudjet siyosati, uning turlari, maqsad va vazifalari. Byudjet siyosatining 
taktikasi va strategiyasi 
Siyosat – bu jamiyat ustqurmasiga taalluqli tushuncha bo‘lib, davlatning o‘z 
funksiyalari va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan rivojlanish yo‘nalishlari 
va chora-tadbirlari yig‘indisidir. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan siyosat 
o‘zaro bog‘liq elementlardan iborat bo‘ladi: 
birinchidan,rivojlanishning u yoki bu bosqichida jamiyat hayotini yaxshilash 
va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan asosiy vazifalar va maqsadlar aniqlanadi va 
belgilab olinadi; 
ikkinchidan,istiqboldagiva yaqin kelajakdagi vazifalar va maqsadlarga 
erishish uchun eng qulay, eng yaxshi natija beradigan zarur chora-tadbirlar ishlab 
chiqiladi; 
uchinchidan,belgilangan vazifalarni amalga oshiruvchi shaxslar, ijrochi 
organlar, alohida vakolatli tashkilotlar aniqlanadi, kadrlar tanlanadi va joy-joyiga 
qo‘yiladi. 
Byudjet siyosati davlat va jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida 
turlicha bo‘lishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga qarab o‘zgarib turishi 
mumkin. Byudjet siyosati: 
− byudjet daromadlari bo‘yicha siyosat; 
− byudjet xarajatlari bo‘yicha siyosat; 
− davlat krediti siyosati; 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling