Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Byudjet siyosatining asosiy maqsadi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Byudjet siyosatining asosiy maqsadi
– 
jamiyatda yaratilgan boylik va ne’matlarning jamiyat a’zolari o’rtasida 
maksimal darajada adolatli taqsimlanishini ta’minlashdan iborat. 
 


69 
qondirilayotganligini, qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar qanchalik darajada 
muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini to‘g‘ri belgilash, holis baholash lozim. 
Byudjet siyosatining mazmuni ko‘pqirrali bo‘lib, quyidagilarni amalga 
oshirish orqali hayotga tatbiq etiladi: 
1. Byudjet 
munosabatlarini 
rivojlantirishning 
ilmiy 
asoslangan 
kontsepsiyalarini ishlab chiqish.Bu konsepsiyalar quyidagilarni o‘rganish asosida 
ishlab chiqiladi: 
− iqtisodiy qonunlar talablarini o‘rganish; 
− milliy xo‘jalik holatini har tomonlama tahlil qilish
− ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining bundan 
keyingi rivojlanish istiqbollarini o‘rganish; 
− aholining talab va ehtiyojlarini o‘rganish. 
2. Istiqbolda va joriy davr mobaynida byudjetdan foydalanishning asosiy 
yo‘nalishlarini belgilab olish. Bunda iqtisodiy va moliyaviy siyosatda belgilangan 
maqsadlarga erishish yo‘llaridan kelib chiqiladi, xalqaro omillar inobatga olinadi 
va moliyaviy resurslarni yanada ko‘paytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. 
3. Qo‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy 
xatti-harakatlar qilish, chora-tadbirlar belgilash, maqbul byudjet mexanizmining 
dastak va vositalarini ishlab chiqish. 
Faqat hozirgi kundagi joriy davrga mo‘ljallangan, kundalik ehtiyojlarni 
qondirishga qaratilgan siyosat samarasizdir, shuningdek, uzoq davrni mo‘ljallab, 
istiqbolni ko‘zlab ishlab chiqilgan kontsepsiyalar va yo‘nalishlar, ular qanchalik 
olijanob, jozibali bo‘lmasin, davlatning tegishli amaliy xatti-harakatlari, ta’sirchan 
dastak va vositalari bilan ta’minlanmasa, inqirozga yuz tutadi, ko‘zlangan 
maqsadlar amalga oshirilmay qoladi. 
Davlat oldida turgan va muayyan davrda hal qilinishi lozim bo‘lgan 
vazifalarning xarakteri, murakkabligi va ko‘zlangan davrning uzoqligiga ko‘ra 
byudjet siyosati: 
− byudjet strategiyasi; 


70 
− byudjet taktikasidan iborat. 
Byudjet strategiyasi uzoq muddatli maqsadlarni tanlash va maqsadli 
dasturlarni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, ularni iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishning asosiy yo‘nalishlariga safarbar qilishni nazarda tutadi. 
Masalan, mustaqillikning dastlabki yillarida byudjet strategiyasining asosiy 
vazifalaridan biri – byudjetning barqarorligini ta’minlash, ortib borayotgan byudjet 
defitsitini jilovlash bo‘lgan bo‘lsa, bu vazifani bajarish uchun: ma’muriy-
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri uchun 
xos bo‘lgan yangi byudjet qonunchiligini ishlab chiqish; mustaqil davlatning yangi 
soliq tizimini shakllantirish; byudjetning xarajatlar qismini qayta tuzish; byudjet 
daromadlari va xarajatlarini balanslashtirish kabi chora-tadbirlar belgilandi va 
ma’lum muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi. 
Byudjet siyosatining strategiyasi va taktikasi o‘zaro bog‘liqdir. Strategik 
vazifalarni hal qilish uchun taktika qulay shart-sharoit yaratadi. Taktika iqtisodiy 
va ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi sohalarini, rivojlanishning muhim 
muammolarini aniqlab, moliya-byudjet munosabatlarini tashkil etish shakllari va 
usullarini o‘z vaqtida o‘zgartirish yo‘li bilan strategiya belgilab bergan vazifalarni 
qisqa muddat ichida, eng kam xarajatlar bilan amalda bajaradi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling