Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti bank ishi va auditi


Download 313.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana25.04.2023
Hajmi313.26 Kb.
#1399535
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Odilov pul va banklar

Xoʻjaliklararo kredit — bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga 
beriladi 
va 
ularning 
kapital qurilish, qishloq 
xoʻjaligi sohalaridagi 
munosabatlariga, shuningdek, ichki xoʻjalik hisobi boʻgʻinlari bilan 
munosabatlariga xizmat qiladi. 

Tijorat krediti bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi 
subʼektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, toʻlovni 
kechiktirish yoʻli bilan tovar shaklida beriladi. 

Isteʼmol krediti — xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat 
foydalanadigan isteʼmol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) 
sotib olish uchun maʼlum muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari 
orqali tovarlarning haqini kechiktirib toʻlash bilan sotish shaklida yoki isteʼmol 


maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Isteʼmol 
kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi. 

Ipoteka krediti — koʻchmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli 
ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va 
korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi. 

Davlat krediti — kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda 
davlat pul mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari boʻlib 
chiqadi. 
Davlat 
krediti 
mablagʻlari 
manbai 
boʻlib, 
davlat 
qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, 
davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi. 

Xalqaro 
kredit — ssuda kapitalining 
xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlar 
sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) 
shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, 
xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi. 
Soʻnggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi shakllari 
keng rivojlanib bormoqda. 

Download 313.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling