Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti bank ishi va auditi
Download 313.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Odilov pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- PUL VA BANKLAR FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
- Bank krediti
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI BANK ISHI FAKULTETI BANK ISHI VA AUDITI YO’NALISHI 2 KURS BIA-95 GURUH TALABASI ODILOV ASRORNING PUL VA BANKLAR FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Variant № 54 (Jurnal – 22 ) 1. Kredit pullari va ularning turlari 2. Sof inkasso bo‗yicha hisob-kitoblar 3. O‗zbekiston pul tizimining elementlari 4. Inflyatsiya va pul muomalasini barqarorlashtirish yo‘llari 5. Kreditning turlari Javob: 1. Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. K. muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham K. boʻla olmaydi. K. munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq) K.ga boʻlinadi. Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki — pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, isteʼmol va xalqaro kredit shakllarini oladi. Bank krediti — kreditning asosiy va etakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari — banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xoʻjaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi. Download 313.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling