Toshkent moliya instituti budjet hisobi va davlat jamg’armalari fakulteti «moliyaviy tahlil» kafedrasi
Auditorlik hisobotini tayyorlash bilan bog'liq milliy standartlar
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
«moliyaviy tahlil» kafedrasi ergasheva Nargiza Raimjon qizi
2.3. Auditorlik hisobotini tayyorlash bilan bog'liq milliy standartlar
Auditorlik hisobotini tayyorlash bilan bog'liq milliy standartlariga 70-son va 80-sonli auditorli faoliyati milliy standartlari misol bo’la oladi. Mazkur Auditorlik faoliyati milliy andozasi «Auditorli faoliyati to’g’risida»gi O’zbe iston Respublikasi qonuni, O’zbe iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi «Auditorlik faoliyatini ta omillashtirish va auditorli te shiruvlari rolini oshirish to’g’risida» 365-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan va O’zbe iston Respublikasida auditorlik faoliyatini me'yoriy tartibga solish elementi hisoblanadi. Andozaning maqsadi auditorli tash iloti tomonidan o’t azilgan auditorli te shiruvi nati alari bo’yicha auditorli hisoboti va auditorli 41 hulosasini tuzishning yagona tartibini joriy etishdir. Mazkur andoza talablari auditorli te shiruvini o’t azish va xo’ ali yurituvchi subyektga auditorlik hisoboti hamda auditorlik hulosasini taqdim etish paytida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy. Auditorlik hisoboti - xo’ ali yurituvchi subyekt rahbari, mulkdori, ishtiro chilari umumiy yig’ilishiga taqdim etiladigan, auditorli te shiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi huquq buzilishlari to’g’risida batafsil ma'lumotlar, shuningde , auditorli te shiruvini o’t azish nati asida olingan va auditorlik hulosasini tuzish uchun asos hisoblanadigan boshqa axborotdan iborat bo’lgan hu at. Auditorlik hulosasi - moliyaviy hisobotning haqqoniyligi (to’g’riligi) va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorli tash ilotining fi ri yozma sha lda ifodalangan va xo’ ali yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hu at. Auditorli hisobotida quyidagilar bo’ladi: nomi («Auditorlik hisoboti» yoki «Auditorlik tashkilotining hisoboti»: ikkala nom bir hil kuchga ega); adresatning nomi; kirish qismi; tahliliy qism; yakuniy qism. 70-sonli auditorlik faoliyati milliy standartiga muvofiq auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkiloti rekvizitlari, shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyaning raqami va sanasi, auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar to’g’risidagi ma'lumotlar, shuningde , auditorli te shiruvini o’t azish uchun asos va xo’ ali yurituvchi subyekt faoliyatining umumiy tavsifi keltirilishi kerak. Auditorlik hisobotining tahliliy qismida esa quyidagilar bo’lishi shart: 42 xo’ ali yurituvchi subyektda ichki nazorat holatini tekshirish natijalari (batafsil bayoni); buxgalteriyahisobi holati va moliyaviy hisobotni tekshirish natijalari; moliyaviy-xo’ ali faoliyatini amalga oshirish paytida qonunchilik talablariga rioya etilishini tekshirish natijalari; soliqlar va boshqa ma buriy to’lovlarni hisoblash hamda to’lashning to’g’riligini te shirish nati alari; aktivlarning butligini tekshirish natijalari. Auditorlik hisobotining yakuniy qismida 70-AFMS ga o’ra auditorlik tashkilotining aniqlangan chetga chiqishlar va huquq buzilishlarini bartaraf etishga doir tavsiyalarini, shuningdek xo’ ali yurituvchi subyektning moliyaviy-xo’ ali faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflari va maslahatlarini eltirib o’tilishi kerak. Auditorlik hulosasining tuzilishi milliy standartlarda belgilab berilgan va u quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: nom («Auditorlik hulosasi» yoki «Auditorlik tashkilotining hulosasi»: ikkala nom teng huquqli); adresatning nomi; kirish qismi; qayd etish qismi; yakuniy qism; auditorlik hulosasini berish sanasi; auditorlik tashkiloti manzili; auditorlar va auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi. Auditorlik hulosasi auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Shu bilan birga auditorlik hisobotini tayyorlash bilan bog'liq milliy standartlarga kiruvchi 80-sonli milliy standart haqida ma’lumot berib o’tsam. 43 Mazkur Auditorlik faoliyati milliy standarti O’zbe iston Respublikasining «Auditorli faoliyati to’g’risida»gi qonuni 21-moddasiga, O’zbe iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlari rolini oshirish to’g’risida» 365-son qarori 3-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda O’zbe iston Respublikasida auditorlik faoliyatini me'yoriy tartibga solish elementi hisoblanadi. Standartning maqsadi mahsus savolni tekshirish natijalari bo’yicha auditor hisobotini tuzish tartibini aniqlashdir. Mazkur standart talablari xo’ ali yurituvchi subyektlarning moliyaviy axborotlarini auditorli te shiruvidan o’t azish chog’ida mahsus savolni tekshirishda barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy. Bu standartga muvofiq auditor hisoboti quyidagilarning auditorlik te shiruvlari ya unlari bo’yicha tuziladi: moliyaviy hisobotning ayrim hisobvaraqlari yo i bo’limlari ularning to’g’riligini baholash maqsadida; unumdorlikni va samaradorlikni baholash maqsadida xo’ ali tizimining ayrim qismlari; shartnoma shartlariga rioya qilish; xo’ ali yurituvchi subyekt xo’ ali tizimining ayrim qismlari (elementlari) qonun hujjatlariga, shuningdek xo’ ali yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan belgilangan me'yor va qoidalarga mos kelishi; konsolidasiyalangan moliyaviy hisobotning ayrim hisobvaraqlari yoki bo’limlari; boshqa moliyaviy axborot. Mahsus savolni tekshirish buyurtmachisi moliyaviy ahboroti tekshiriladigan ho'jalik yurituvchi sub'ekt, uning mulkdori, ishtirokchi va aksiyadorlari, mazkur ho'jalik yurituvchi sub'ektda mahsus savolni tekshirishni o'tkazish tashabbuskori bo'lgan nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar bo'lishi mumkin. 44 Mahsus savolni tekshirishni o'tkazish bo'yicha ishlarga tegishli tekshiruv buyurtmachisi hisobidan haq to'lanadi. Mahsus savolni tekshirish natijalari bo'yicha auditor hisoboti quyidagi elementlarni o'z ichiga olishi lozim: a) hisobotning nomi (tekshirilayotgan savolni ko'rsatgan holda, masalan, "HHH" korhonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari to'g’risidagi ma'lumotnomani tekshirish natijalari bo'yicha auditorlik tashkilotining hisoboti); b) adresat; v) kirish qismi; auditorlik tashkilotining nomi, pochta manzili va boshqa rekvizitlari (auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan licenziya raqami va berilgan sanasi, uning amal qilish muddati, auditorlik tashkilotining davlat ro'yhatidan o'tganligi haqidagi guvohnomasi raqami, hisob-kitob varaqining raqami, telefonlar); tekshiruvda ishtirok etgan auditor (auditorlar), shuningdek auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi-sharifi; auditorlik tekshiruviga olingan mahsus savolning tavsifi (bayoni); ho'jalik yurituvchi sub'ekt auditorlik tashkilotiga taqdim etayotgan axborotning to'g’riligi uchun javobgar bo'lishi, auditorlik tashkiloti esa mahsus savolni tekshirish natijalari bo'yicha o'z hisoboti uchun javobgarligiga oid ko'rsatma; g) tahliliy qism: mahsus savolni te shirish chog’ida auditor tomonidan bajarilgan taomillar ro'yhati; tekshiruv chog’ida qo'llanilgan standartlarga havola; aniqlangan qoidabuzarliklar (aniq dalillar); d) yakuniy qism: mahsus savolni tekshirish natijalari haqida auditorlik tashkilotining fikri; 45 mahsus savolni tekshirish natijalari bo'yicha auditor hisoboti topshirilgan sana; auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari imzolari, shuningdek auditorlik tashkilotining muhri. Mahsus savolni tekshirish bo'yicha auditor hisobotining har bir sahifasi mahsus savol tekshiruvini o'tkazgan auditor (auditorlar) tomonidan imzolanishi kerak. Zarurat bo'lganda auditor hisobotda tekshiruv chog’ida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha belgilangan tartibga ko'ra o'tkaziladigan, tekshiruv ob'ektining unumdorligi va samaradorligi takomillashishiga va oshishiga olib keladigan tavsiyalar va takliflar berishi lozim. Agar auditor tekshiruv ob'ekti bo'yicha bir hilda fikr bildira olmasa, u yakuniy qismdan oldin mazkur qarorining muhim asoslari tushuntiriladigan qo'shimcha qismni kiritishi lozim. Auditor yakuniy qismdagi fikrni shakllantirishda qo'shimcha qismda bayon qilingan asoslardan foydalanadi. Auditorlik tashkiloti mahsus savolni tekshirish natijalari bo'yicha auditor hisoboti shaklining bir hilda bo'lishiga rioya qilishi lozim. Auditorlik tashkiloti mahsus savolni tekshirish natijalari bo'yicha ataylab yolg’on yoki noto'g’ri hisobot tuzganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling