Toshkent moliya instituti budjet hisobi va davlat jamg’armalari fakulteti «moliyaviy tahlil» kafedrasi
Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar 60
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
«moliyaviy tahlil» kafedrasi ergasheva Nargiza Raimjon qizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Auditorlik faoliyati milliy standartlarining mohiyati va zarurligi
56
Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar 60 Boshqa auditorning ish natijalaridan foydalanish 70 Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to'g'risidagi auditorlik xulosasi 80 Maxsus savollarni tekshirish natijalari bo'yicha auditorning Hisoboti 90 Auditorlik tashkilotining kasbga doir xizmatlari 13 1.2. Auditorlik faoliyati milliy standartlarining mohiyati va zarurligi Sifatli va muvaffaqiyatli audit tekshiruvini o'tkazish uchun tekshiruv jarayonida auditorlik faoliyatiga doir yagona umumqabul qilingan standartlarni qo'llash zarurati yuzaga keladi. Audilorlik faoliyati standartlari — auditorlik faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari va asoslarini tartibga soluvchi, shuningdek, auditorlar uchun tekshiruv o'tkazish borasidagi o'z majburiyatlarini amalga oshirishlariga yordam berish maqsadida qabul qilingan umumiy qonun – qoidalar tizimidir. Tekshiruv davomida auditorlik standartlariga amal qilish tekshiruvning yuqori sifatli o'tishi va ishonchli bo'lishini ta’minlaydi. Standartlar asosida auditorlar faoliyati sifat nuqtayi nazaridan baholanadi. Standartlar audit tekshiruviga umumiy yondashuvni, tekshiruv ko'lamini, xulosa turini, tekshiruv uslubiyatini va bu soha vakillari amal qilishlari lozim bo‘lgan qonuniyatlarni belgilab beradi. Iqtisodiy muhitning o'zgarishi asosida umumiy standartlarga tuzatishlar, qo'shimchalar kiritilishi mumkin. Agar auditor tekshiruv davomida bu standartlardan chetlashsa, buning sabablarini asoslab bera olishi kerak. Shuni ta’ idlash lozim i, auditorli standartlari auditor faoliyati to'g'riligini umumiy belgilab bersa-da, auditor tomonidan qo'llanilgan barcha uslibiyatlar, amaliyotlarning to'g'riligini anglatmaydi. Standartlaming ahamiyati quyidagilarda o'z ifodasini topadi: - audit tekshiruvining yuqori sifatini ta’minlaydi; - tekshiruv jarayonida fan yangiliklalining tatbiq etilishiga asos yaratadi; - foydalanuvchilarga audit tekshiruvi jarayonini tushunish imkonini beradi; - davlat organlari tomonidan tekshiruv ustidan nazorat olib boorish zanmyatini bartaraf etadi; - auditor uchun mijoz bilan o'zaro ishonchga asoslangan munosabat olib borishga imkon yaratadi; 14 - audit tekshiruvi jarayonida alohida elementlar o'rtasida aloqa o'matish imkonini beradi; - auditorning o'z bilim va malakasini doimiy ravishda oshirib borishini ta’minlaydi; - turli auditorlik firmalari ishini sifat nuqtayi nazaridan taqqoslash imkonini beradi; - audit tekshiruvini soddalashtiradi va boshqalar. Ammo audit standartlari butun tekshuv jarayonining barcha jabhalarini qamrab olmaydi. Bu standartlarda audit nazariyasi va amaliyoti qisqa va lo'nda ko'rinishda umumlashgan. Ular auditorlik faoliyatining uzoq yillar davomidagi amaliyoti jarayonida auditorlik faoliyatiga nisbatan talablarga javob berishini isbotlash asosida umumqabul qilingan standartlarga aylandi. Auditorlik standartlari huquqiy organlar uchun audit tekshiruvini sifat jihatidan tekshirish va baholash jarayonida umumiy yo'riqnoma vazifasini bajaradi. Amaliyotda auditorlik standartlari (1) xalqaro; (2) milliy auditorlik standartlariga bo'linadi. Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari to'rt o'zaro bog'langan qismlardan tashkil topgan: - asosiy postulatlar — auditorlik faoliyati umumiy standartlarining asosini belgilab beruvchi asosiy qonuniyatlar, uslubiyatlar, shart sharoitlarni ifodalaydi. Bu standartlar auditorlar uchun moliyaviy hisobotlar yuzasidan umumiy tasavvur hosil qilish va shunga mos eladigan xulosa tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qiladi; - umumiy standartlar — auditor o‘z oldida turgan vazifalarni samarali bajarishi uchun ega bo'lishi talab etiladigan sifat va malakaviy talablarni ifoda etadi (tayyorgarlik, malaka, mustaqillik, xolislik, tekshiruv jarayonida e’tiborlili ); - ishchi standartlar — audit tekshiruvi jarayonida auditor amal qilishi lozim bo‘lgan qonun — qoidalarni aks ettiradi (rejalashtirish, nazorat,yetarli miqdordagi dalillarni to'plash va ichki nazorat tizimini baholash); 15 - auditorlik hisoboti bo'yicha standartlar - audit tekshiruvi yakunida tayyorlanishi lozim bo'lgan auditorlik hisoboti sha li, mohiyati, ma’lumotlarni aks ettirish tartibi borasidagi talablarni belgilab beradi. Mustaqillik yillarida yurtimizda auditorlik faoliyati asoslari qaror topishi bilan audit standartlarini ishlab chiqish zarurati ham yuzaga keldi. Shu munosabat bilan O’zbe iston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda “Auditorlik faoliyatining milliy standartlari”ni ishlab chiqdi. Bu borada Respublikamizdagi mavjud iqtisodiy shart — sharoitlar, milliy xususiyatlarni inobatga olish va xalqaro tajribadan keng foydalanish standartlarning zamon talablariga yanada mos kelishini taminlaydi. Turli mamlakatlar iqtisodiyotida bozor munosabatlarining rivojlanishi, integratsiya jarayonining kengayishi, bir qator auditorlik firmalarining xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi firmalarga aylanishi abi arayonlaming ro‘y berishi auditorlik faoliyatini xalqaro miqyosda birxillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Bu zarurat asosida 1977-yilda tashkil etilgan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi qoshida xalqaro audit amaliyoti qo'mitasi (International auditing practices committee) tashkil etildi. Bu qo'mita tomonidan tayyorlangan standartlar audit amaliyotini xalqaro miqyosda birxillashtirishga qaratilgan. Ammo bu standartlar turli davlatlarda turli darajada qo'llaniladi. Shunga ko'ra ularni to'rt asosiy guruhga ajratish mumkin: birinchi guruh davlatlar xalqaro standartlarni to'lig'icha, dastlabki ko'rinishda qabul qiladilar; ikkinchi guruh davlatlar xalqaro standartlarni faqatgina kichik o'zgartirishlar kiritish orqaligina qabul qilishlari mumkin; uchinchi guruh davlatlar xalqaro standartlarga o'zgartirishlar kiritishdan tashqari, bu standartlarni qo'llash uchun ma’lum iqtisodiy, siyosiy shart — sharoitlarni yaratish yoki mavjud shart — sharoitlarga o'zgartirish kiritishlari talab etiladi; 16 to'rtinchi guruh davlatlarda xalqaro standartlarni qo'llash shu mamlakatning milliy mentaliteti, psixologiyasiga bo'gliq. Shu sababli, ko'pgina davlatlar milliy standartlarni ishlab chiqish va xalqaro standartlarni qo'llash jarayoniga ehtiyotkorlik bilan yondashadilar. Misol uchun, Kanada, Buyuk Britaniya, AQSH kabi davlatlarda milliy auditorlik standartlarini ishlab chiqish jarayonida xalqaro standartlaming faqatgina ba’zi elementlariga murojaat etiladi Avstialiya, Braziliya, Niderlandiya kabi davlatlarda esa milliy auditorlik standartlari to'lig'icha xalqaro standartlarga asoslangan holda tuziladi. Respublikamizda auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish jarayonida ham xalqaro standartlarga amal qilinadi. Malayziya, Singapur, Nigeriya kabi davlatlarda esa milliy standartlar tuzilmagan va ularda auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari milliy standart sifatida qabul qilinadi. Respublikamizda auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish va unda uchraydigan muammolarni bartaraf etish va ta omillashtirish yo’llarini topish bo’yicha bir qator qaror va farmonlar qabul qilinyapti. Davlatimiz rahbarining shu yil 4 aprelda e'lon qilingan "Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko'rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to'g'risida"gi qarori ushbu vazifalarning bajarilishida muhim omil bo'lmoqda. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi audit uslubiyoti va auditorlik faoliyatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i Hasan Qosimov bilan O'zA muxbirining suhbati shu haqida bo'ldi. – Auditorlik xizmati ko'magida har qanday moliyaviy xato va kamchilikni o'z vaqtida aniqlash va bartaraf etish yo'llarini belgilab olish mumkin, – deydi H.Qosimov. – Ushbu xizmat turli mulkchilik shaklidagi korxonalar moliya-xo'jalik faoliyatining samarali tashkil etilishida alohida ahamiyat kasb etishi bilan birga tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy 17 rivojida muhim o'rin tutadi. Chunki ularning manfaatini himoyalashning zarur vositalaridan biri auditdir. O'zbekiston Respublikasining "Auditorlik faoliyati to'g'risida"gi qonuni bu jarayonning huquqiy asosi bo'lib, unga ko'ra, auditor – malaka sertifikatiga ega bo'lgan jismoniy shaxsdir. U auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega tashkilotda faoliyat yuritadi. Auditor o'z oldiga qo'ygan maqsadga erishish uchun, avvalo, halollik, xolislik, kasbiy layoqat, odob, maxfiylik hamda mustaqillik tamoyillariga qat'iy rioya qilishi shart. Auditorlik tashkiloti tekshiruv o'tkazishga oid shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga binoan litsenziya va malaka sertifikatini taqdim etishi lozim. Chunki ayrim soxta auditorlar ham uchrab turadi. Ularning sifatsiz yoki g'arazli xizmati korxonaning moliyaviy ahvoliga salbiy ta'sir etishi hech gap emas. Auditor tekshiruv yakuni bo'yicha o'z hisobotini tayyorlaydi. Unda korxona moliya-xo'jalik faoliyatida uchragan kamchiliklarni batafsil ko'rsatib, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarini aks ettiradi. Korxonaga zarar yetkazilganligini aniqlasa, bu haqda korxona rahbariyatiga ma'lum qilishi lozim. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma'lum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy yig'ilishi chaqirilishini talab qilishi shart. Davlatimiz rahbarining nomi qayd etilgan qarorida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga oid vazifalar belgilab berilgani bilan ham ahamiyatlidir. Auditorlik tashkilotlari ko'rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlik yanada oshirilgani soha vakillarining zimmasidagi mas'uliyatni tag'in ham mustahkamladi. Mamlakatimizdagi mavjud besh yuzga yaqin auditorlik tashkiloti hozirgi kunda Prezidentimizning mazkur qarorida belgilangan ana shu talablardan kelib chiqib faoliyat yuritmoqda. Qaror asosida auditorlik tashkilotlari to'g'risida nizom tasdiqlandi. Chunki sohani tartibga solishning qonunchilik bazasida bunday aniq maqsadga qaratilgan me'yoriy hujjat ilk bor qabul qilindi. Unda auditorlik tashkilotlarining 18 asosiy vazifalari bugungi kun talabidan kelib chiqib, aniq aks ettirilgan. Xo'jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarining tahlili va ishonchliligini tasdiqlash, xo'jalik faoliyati samaradorligini real va haqqoniy baholash, mulkdorlar, aksiyadorlar, investorlar, kreditorlar va boshqa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish, xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqish shular jumlasidandir. Bunda auditorlik tashkilotlari, avvalambor, daromadlilik, kapitaldan foydalanish darajasi, moliyaviy barqarorlik, to'lov qobiliyati va o'z-o'zini moliyalash darajasi, ishdagi faollik mezonlaridan kelib chiqadi. Bu omillar esa, shubhasiz, korxonalar iqtisodiyoti ravnaqini ta'minlaydi. Xizmat sifati samaradorligini oshirish borasida O'zbekiston Moliya vazirligi tomonidan doimiy nazorat tadbirlari o'tkazib kelinayotir. Faoliyatida qonunga zid harakatlar sodir etgan tashkilotlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko'rilmoqda. Misol uchun yaqinda "Altay-audit" hamda "VAZ-audit" tashkilotlari noqonuniy faoliyat yuritgani uchun sud organlari qaroriga asosan ularga berilgan litsenziyalarning amal qilishi to'xtatildi. Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o'tkazganlik yoki lozim darajada o'tkazmaganlik ham tegishli tartibda o'z bahosini olayotir. Bunda xo'jalik yurituvchi subyektga yoki auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda aybdorlardan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qoplanmoqda. Qonuniy faoliyat yuritayotgan, xo'jalik yurituvchi subyektlarga moliyaviy ko'mak ko'rsatib, ularning rivojiga hissa qo'shayotgan auditorlik tashkilotlari manfaatlari esa doimiy himoyada. Endilikda sohada davlatimiz rahbari tomonidan qo'yilayotgan talablarga javob bera oladigan tashkilotlargina xizmat ko'rsatadi va mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati yanada yuksalishiga hissa qo'shadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling