Toshkent moliya instituti “бухгаалтерия ҳисоби, ИҚтисодий таҳлил ва аудит” кафедраси


Download 190.78 Kb.
bet13/25
Sana21.06.2023
Hajmi190.78 Kb.
#1642617
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
KORXONANING RENTABILLIK

Agarda moliyaviy natijalarni aniqlashning xalqaro tajribasiga nazar
tashlaydigan bo‘lsak,foyda yoki zararlarni aniqlash,avvalo, xarajatlarni
kalkulyatsiya qilishga bevosita bog‘liq ekanligiga guvoh bo‘lamiz.Moliyaviy
natijani aniqlash xarajatlarni hisobga olishning usullariga bevosita bog‘liq ekaligini
derek-kosting va abzorshen-kosting usullari orqali ko‘rishimiz mumkin.

Direk-kosting”usulida tannarx hisobi yuritishda faqat o‘zgaruvchan, yalpi
bevosita sarflangan material, mehnat va moliyaviy xarajatlar kiritiladi. O‘zgarmas
xarakterdagi umumxo‘jalik xarajatlari tannarxi tarkibiga kirmaydi, bunday
xarajatlar bevosita korxonaning moliyaviy natijalariga olib boriladi16.
“Direk-kosting” tizimi bo‘yicha moliyaviy natijani aniqlash mahsulot
sotishdan tushgan tushumdan o‘zgaruvchan xarajatlarni chiqarib tashlab marjinal
daromad hosil qilinadi, so‘ngra morjinal daromaddan doimiy xarajatlar chiqarib
tashlanadi va operatsion foydaga erishiladi.
“Direk-kosting” tizimida bilvosita umumxo‘jalik xarajatlari davr xarajatlari
hisoblanib, ular bevosita moliyaviy natijaga olib boriladi. Bu xarajatlarni foydadan
qoplash, shuningdek foydadan qilingan boshqa sarflarni alohida hisobga olish
moliyaviy natijalarni (foyda va zararlarni ) alohida faoliyat turlari, jumladan,
sotish, umumxo‘jalik, tasodifiy hamda boshqa faoliyat bo‘yicha aniqlashga imkon
beradi. Bundan tashqari, Direk-kosting soliqqacha foyda, sof foyda kabi
ko‘rsatkichlarni ham hisobda alohida aks ettiradi. Moliyaviy natijalarni
shakillanishi va hisobga olinishining bunday tartibi ham mulk egasi uchun, ham
davlat nazorat organlari uchun juda qulay hisoblanadi. Aynan shu avzalliklari
Direk-kosting usulini dunyo mamlakatlari amaliyotiga tez kirib borishi va
tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.
Milliy ishlab chiqarishning rivojlanishi, uning xalqaro standartlarga
yaqinlashishi bozor iqtisodiyoti yuksak darajada rivojlangan mamlakatlarning
hisob va tahlil tizimlarini chuqur o‘rganishni taqoza qiladi. Bunda, avvalo,
abzorpshen-kosting (Absorption costing) hamda AVS (Activity based cjsting)
tizimini chuqur o‘rganish lozim.
Abzorpshen-kosting usuli to‘liq xarajatlarni chegirgan holda hisobga olishni
ifodalaydi. Ushbu usul barcha xarajatlarni sotilgan mahsulot va mahsulot qoldig‘i
o‘rtasida taqsimlashni bildiradi. Shundan kelib chiqqan holda xarajatlar
mahsulotlarni ishlab chiqarish, sotish va mamuriy xarajatlarga ko‘ra taqsimlanadi.


Download 190.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling