Qs = S(Pb, Pf).
Va nihoyat, yana shuni ta’kidlashimiz mumkinki, nonning narxi talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatdan kelib chiqqan holda o‘zgaradi:
Qs = Qd.
Talab va taklif modeli. Non bozori modelini bayon etishni talab va taklif modelidan foydalangan holda davom ettirish mumkin (2-rasm).
3-chizma. Talab va taklif egri chiziqlari
Non bozori modelida 2 ta endogen va 2 ta ekzogen o‘zgaruvchilar ishtirok etadi. Unning narxi va jami daromad – ekzogen o‘zgaruvchilar. Modelda ularni o‘rganish maqsad qilib qo‘yilmaydi, ulari ilgaridan belgilangan, deb qabul qilinadi. Bu modelda endogen o‘zgaruvchilar bo‘lib nonning narxi va sotilgan non miqdori hisoblanadi. Aynan shu o‘zgaruvchilarni tushuntirib berish ushbu modelning vazifasi hisoblanadi.
Talab egri chizig‘i jami daromad darajasi o‘zgarmagan sharoitda nonga bo‘lgan talab bilan uning narxi o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Talab egri chizig‘i pastga yo‘nalgan bo‘ladi, chunki nonning narxi oshib borgan sari, xaridorlar ko‘proq boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga o‘tib boradilar va nonni kamroq sotib oladilar. Taklif egri chizig‘i unning o‘zgarmas narxlari sharoitida taklif eilayotgan non miqdori va uning narxi o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Taklif egri chizig‘i o‘suvchandir, chunki nonning narxi qanchalik yuqori bo‘lgan sari, nonvoyxonalar shuncha ko‘p non ishlab chiqaradilar. Ikkala egri chiziqning kesishish nuqtasi bozor muvozanati holatiga mos tushadi. Bu nuqtada nonga bo‘lgan muvozanat narxi o‘rnatilib, taklif etilayotgan non miqdori talabga mos keladi.
Modelda bir ekzogen o‘zgaruvchining o‘zgarishi har ikkala endogen o‘zgaruvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatishi izohlab beriladi. Masalan, jami daromad oshganda nonga bo‘lgan talab o‘sadi (4-chizma).
P
S
PH1
PH D2
D1
0 QH QH1 Q
|
Do'stlaringiz bilan baham: |