Toshkent moliya instituti “byudjet va g‘aznachilik fakulteti”


Download 1.37 Mb.
bet10/17
Sana17.02.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1205924
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Variant 2 Mikroiqtisodiyot MMT-932 Ashurmurodov Farhod Shokir o`g`li

Induktsiya va deduktsiya biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induktsiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduktsiya deb ataladi.
Iqtisodiy jararyonlarni o‘rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo‘l qo‘yilib, yanglish tasavvurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin.9
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi o‘zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘quv adabiyotlarida mikroiqtisodiy tahlilning ko‘plab usullari, jumladan, so‘nggi qo‘shilgan miqdor nuqtai nazaridan tahlil (marjinalizm), funktsional tahlil, mikroiqtisodiy modellashtirish, grafik usul kabilar keng bayon etilgan. Quyida mazkur usullarning asosiylariga to‘xtalib o‘tamiz.
So‘nggi qo‘shilgan miqdor nuqtai nazaridan tahlil (marjinalizm). 19-asrning ikkinchi yarmida me’yoriy foydalilik va me’yoriy unumdorlik yoki marjinalizm (marginal (ingl.) - me’yoriy) nazariyasi shakllandi. Marjinalizm nazariyasi – bu xo‘jalik munosabatlariga jalb etilgan alohida subyektning ruhiyati nuqtai-nazaridan amalga oshiriluvchi iqtisodiy tahlil. Mazkur subyekt iqtisodiy jarayonda ishtirok etish yoki ishtirok etmaslikdan olinishi mumkin bo‘lgan me’yoriy foyda yoki me’yoriy yo‘qotishlarga eng avvalo xususiy baholash orqali yondoshadi. Bunday baholashlar asosida ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif, narx nazariy jihatdan izohlab beriladi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling