Mikroiqtisodiy modellashtirish. Iqtisodiy tadqiqotlarda iqtisodiy jarayonlarning soddalashtirilgan nazariyalari – modellardan foydalaniladi. Bu modellarda, aksariyat hollarda matematik ko‘rinishda, turli iqtisodiy o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi nisbatalar o‘z aksini topadi. Modellarni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi tadqiqot davomida ahamiyatsiz bo‘lgan jihatlardan qochib, printsipial iqtisodiy aloqalarni ochib berishdan iborat.
Ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) o‘zgaruvchilar. Odatda modellarda 2 turdagi o‘zgaruvchilardan foydalaniladi: ekzogen va endogen o‘zgaruvchilar. Ekzogen o‘zaruvchilar tashqaridan kiritilib, ular boshlang‘ich axborot hisoblanadi. Endogen o‘zgaruvchilar modelning «ichida» shakllanib, bu o‘zgaruvchilar modelni hal etish natijasi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ekzogen o‘zgaruvchilarning qiymati model tuzilgunga qadar ma’lum bo‘ladi (1-chizma).
Endogen
o‘zgaruvchilar
Ekzogen
o‘zgaruvchilar
Model
2-chizma. Model tuzilishida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) o‘zgaruvchilarning o‘rni
Endogen o‘zgaruvchilar qiymati esa model bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish chog‘ida aniqlanadi. Quyidagi rasmda modelning maqsadi qanday qilib ekzogen o‘zgaruvchilari endogen o‘zgaruvchilariga ta’sir ko‘rsatishini ochib berishdan iborat.
Misol. Non bozori modelining tuzilishini ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, nonga bo‘lgan talab miqdori (Qd) nonning narxi (Pb) va jami daromad(Y)ga bog‘liq bo‘ladi. Bu bog‘liqlikni quyidagi tenglama orqali ifodalash mumkin:
Qd = D(Pb, Y).
Shuningdek, nonvoyxonalar tomonidan taklif etilayotgan nonning miqdori (Qs) nonning narxi (Pb) hamda non ishlab chiqarishda foydalaniluvchi unning narxi (Pf)dan kelib chiqadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |