167
Psixografik xususiyati bo‘yicha segmentlash. Psixografik xusu-
siyati bo‘yicha segmentlashda xaridorlarning tegishlilik belgisiga ya’ni
hayot (yashash) tarzi va shaxsiy xususiyatlariga ko‘ra jamoat sinfiga,
guruhlarga ajratish. Biron bir demografik guruhning psixologik
xususiyati turlicha bo‘lishi mumkin.
Jamoat guruhi. Ko‘pgina firmalar, korxonalar o‘z ishlab chiqarishini
ma’lum bir jamoat sinfiga moslab, ularning xarakterlarini inobatga olgan
holda ishlab chiqaradi.
Hayot tarzi. Markali va oddiy tovarlar sotuvchilari ko‘p hollarda
xaridorlarning hayot tarzini inobatga olgan holda o‘z bozorlarini
segmentlaydi.
Bozorni segmentlarga ajratish xaridorlarni talab va ehtiyojlarini
aniqlash masalasini hal etishning ideal vositasi bo‘la olmaydi, ammo
shunga qaramay bu usul ishbilarmonlarni bu boradagi ishlarga
qiziqtirish uchun qimmatli ma’lumotlar beradi. Bozor strukturasi,
shuningdek, korxona o‘z ko‘lami hamda ixtisoslashuviga qarab ko‘pgina
hatto juda ko‘p segmentlarda sotish strategiyasini tanlashi mumkin, yoki
aksincha, o‘z kuchini bo‘lib tashlamay, eng qulay va istiqbolli bir
yo‘nalishda to‘plashi mumkin.
8.1.-rasm. Bozorni segmetlash belgilari
Odatda, segmentlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Makrosegmentlash, deb nomlanadigan birinchi bosqichda «tovar
Do'stlaringiz bilan baham: