Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

 

Lokal marketing 

 

Lokal marketing maxsus dasturlar asosida tuzilgan bo‘lib, ma’lum 

hududdagi iste’molchilar talabini qondiradi (masalan, xizmat doirasi 

savdo markazi yoki kichik do‘kon). Masalan, AQShning Citi Banki 

muayyan hudud aholisining demografik xarakteristikasiga qarab o‘z 

filiallarida turli xizmatlarni amalga oshiradi. Kraft kompaniyasi 

supermarketlarga pishloqlar assortimentini tanlashga va ularni yuqori, 

o‘rta va past oylik oladiganlar rayonlariga tarqatishga yordam beradi. 

Lokal marketing o‘suvchi tendensiyani aks ettiradi, bu og‘zaki 

marketing, deb ham ataladi. Bu oddiy iste’molchilar darjasidir. Masalan, 

Nike kompaniyasining boshlang‘ich muvaffaqiyati xaridorlarni og‘zaki 

marketingga jalb qilish bilan amalga oshiriladi. Ular maktab komanda-

lariga homiylik qilishgan, mutaxassislar bilan o‘quv seminarlari o‘tkazil-

gan, sport kiyimlari bilan ta’minlagan. Lokal, og‘zaki marketingni 

empirik yoki taassurotlar marketingi, deb ham atash mumkin. Uning 

yordamida tovarlarni siljitilishi faqat foyda olish emas, balki 

xaridorlarda katta taassurotlar uyg‘otishga  erishildi ham. Bir sharh-

lovchi taassurotlar marketingini quyidagicha izohlaydi: “Asosiy muddao 

faqat sotish emas, balki namoyish etish, xaridor hayotini boyitish”dir. 



176 

 

Lokal marketing tarafdorlari umummilliy reklama kompaniyalarini 



foydasi yo‘q, deb hisoblamoqda, chunki ular hududiy afzallik va 

ehtiyojga ahamiyat berishmaydi. Lokal marketingga qarshilar esa ishlab 

chiqarish va marketingni ushlanib qolishiga sabab bo‘ladi, deb hisoblay-

dilar. Agar ta’minlovchi lokal ehtiyojlarni yuqori darajada e’tiborga 

oladigan bo‘lsa, logistika muammolarini hal qilishga tayyor turishlari 

kerak. 



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling