Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Bozor nishasida marketing


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Bozor nishasida marketing 

 

Bozor nishasi (quyi bo‘lagi) – tor guruhdagi iste’molchilar bo‘lib, 

ular uchun mahsulotlarning alohida sifati muhim. Mutaxassislar nishani 

segment va segmentlarga bo‘lish bilan ajratadilar. Masalan, 

Klivlenddagi Progressive avtomobil sug‘urta kompaniyasi ko‘p avariya 

qiladiganlar, mast holda avtomobil haydab ushlanganlar uchun standart 

bo‘lmagan bitim tuzadi. Bu xil bitimlar qimmat bo‘lib, firmaga ancha 

pul ishlab olishga yordam beradi. Bozor nishasining jalb qiladigan 

xarakterli tomonlari: nishaning xaridorlari ma’lum talablariga ega, ular 

o‘z talab va istaklarini bajargan kompaniyalarga katta mablag‘larni sarf 

qilishlari mumkin, raqobatchi kompaniyalar mana shu nishaga katta 

ahamiyat beradilar, deb bo‘lmaydi, chunki tor doirada rivojlangan 

firmalar ma’lum mablag‘larga ega bo‘ladilar. Nisha ma’lum ko‘lamga 

ega. Bozor segmentlari keng bo‘lib, bir nechta raqobatchilarni o‘ziga 

jalb etsa, nishalar kichik bo‘lib, bir nechta firmalar faoliyat yuritadilar. 

IBM kabi yirik korporatsiyalar tor doiradagi mutaxassislar nishasiga 

o‘tgani sababli bozordagi ma’lum qismini yo‘qotdi, ularni “partizanlar” 

ham deyishadi. Nisha marketingga nisbatan himoyalanishni bir necha 




175 

 

yirik kompaniyalar amalga oshirmoqda. Nishaga xizmat qiluvchi 



kompaniyalar odatda, maqsadli xaridorlarni talabini qondirishga katta 

ahamiyat berishadi, chunki buning orqasidan ular katta pullarga ega 

bo‘lishadi. Masalan, tabiiy tish pastasi “TOM’S OF MAINE” ni narxi 

30% ustamasi bilan qo‘yiladi. Chunki bu tovarlar ajoyib va ekologik 

toza, foydaning bir qismi xayriya maqsadlarida ishlatiladi. Bu esa 

sotuvchilarni o‘ziga jalb etadi, ba’zilarga yirik kompaniyalar ahamiyat 

bermaydi. Bozor nishasi marketingining samarasi o‘sgani sari daromadi 

ham o‘sishi  mumkin. Internetda do‘konlar ochilishining pasayishiga 

kichik ma’lum nishalarga mo‘ljallangan korxonalarning ko‘payishi 

sabab bo‘ldi.  Tarmoqda muvaffaqiyatli nisha biznesini olib borish 

retsepti: tinchlik bilan olinadigan tovarni tanlash, sotib olishdan oldin 

uni ko‘rish va tekshirish shart emas. Masalan, Stiv Uorrington 6 

baravarga ko‘p foyda oladi. U internetda (www.ostrichesonline.com) 

tirik tuyaqushlarni sotadi.1996-yil paydo bo‘lgan S.Uorrrington firmasi 

125 mamlakatda 20 ming mijozni ta’minlab turadi. 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling