Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Kastomerizatsiya 

 

Segmentning oxirgi darajasida biz “bir kishilik segment”— 

“kastomerizatsiyalashgan marketing” bilan ish ko‘ramiz. Bugungi kunda 

xaridorlar nimani va qanday sotib olish haqida o‘zlari jonbozlik 

ko‘rsatmoqdalar. Ular internetga chiqib tovarlar haqida ma’lumotga ega 

bo‘lmoqdalar, xizmat haqida ma’lumotga egalar, tovar yetkazib 

beruvchilar, iste’molchilar, tanqidchilar bilan muloqotga kirishmoqdalar

hattoki, mahsulot ishlab chiqarishda ham ishtirok etmoqdalar. Ko‘pgina 

onlayn kompaniyalari o‘z xaridorlariga “Choiseboard” – xizmat dasturi-

ni taklif qilishmoqda - bu interaktiv sistema bo‘lib, xaridorlar o‘zlari 

uchun tovar - xizmatni ishlab chiqishlari mumkin, bunda ular turli 

komponent, narx va yetkazib berishni tanlashlari mumkin. Buyurtma 

to‘g‘ri ishlab chiqarish sistemasiga yetkazib beriladi, u yerda “g‘ildirak” 

aylanishi moddiy – texnik ta’minot, yig‘ish va yetkazib berish 

boshlanadi. Dj.Vindi va A.Renujasveli “Choiceboard” sistemasi firmani 

“kastomerizatsiyalash” tomon qo‘yilgan qadam bo‘lib, uning yo‘nalishi 

— ommaviy tovarlarning individual xaridor tomon moslashishini 

ta’minlaydi, deb ta’kidlaydilar. Kastomerizatsiya iqtisodiy rivojlanishni 

va personal marketingni ham birlashtiradi, shu tufayli xaridorlar 

o‘zlarining xohishlariga qarab tovar va xizmat qilishni ishlab chiqishlari 

mumkin. Firmaga endi xaridor va ishlab chiqarish haqidagi ma’lumot-

ning keragi yo‘q. U faqat ishlab chiqarish vositalarini “arendaga 

topshiradi”, kerakli “platformani” va ishlab chiqarish qurollarini ham 

beradi. Kompaniya kastomerizatsiya qilish orqali alohida xaridorlar 

talabini qondirsa, shundagina u kastomerizatsiyalashgan hisoblanadi. 

Kastomerizatsiya hamma kompaniyalarga to‘g‘ri kelavermaydi, 

avtomobilsozlikda bu prinspga amal qilish juda qiyin. Kastomerizatsiya 

tovarning narxini iste’molchiga ma’qul kelgan narxdan bir necha 

barobarga ko‘tarishi mumkin. Ba’zi xaridorlar hattoki, o‘ziga kerakli 

bo‘lgan tovarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmaguncha bilmaydilar. 




177 

 

Kompaniya olingan buyurtmani ishlab chiqarishni boshlagandan so‘ng 



xaridorlar o‘z buyurtmalarini o‘zgartira olmaydilar. Shunga qarmay 

kastomerizatsiya ba’zi tovarlarda muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. 

Masalan, Minnesota shtatidan Andersen Windows kompaniyasi oyna va 

oynali eshiklar ishlab chiqarishda yetakchi ishlab chiqaruvchi 

kompaniya. U diler va sotib oluvchilar uchun o‘z mahsulotini interaktiv 

elektrokatalogini ishlab chiqdi. Tizimdan foydalanib mijoz va menejer 

oynaning konstruksiyasi, uning chidamliligi va narxini bilishi mumkin. 

Shu tizim tufayli Andersen Windows ishlab chiqarish jarayonini 

byurtma qilishga moslashtiradi. Bu esa tayyor mahsulotlar zaxirasining 

kamayishiga sabab bo‘lmoqda. 

 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling