Bozor segmentida marketing
Bozor segmenti – o‘xshash ehtiyojga va talabga ega bo‘lgan
xaridorlar guruhi. Ba’zi xaridorlar arzon transport vositasini, ba’zilar
qimmatbaho transport vositasini sotib olishni, ba’zilar esa uning antiqa
bo‘lishini xohlaydilar. Segmentni bozor sektori bilan adashtirmaslik
kerak. Masalan, avtomobil kompaniyasi mahsulotini daromadi o‘rtacha
bo‘lgan yoshlar uchun mo‘ljallashi mumkin. Bu xil xaridorlar guruhi
bozor sektorini tashkil etadi (segmentini emas). Kompaniyalar bozor
segmentini tashkil qilmaydi, ularning vazifasi – segmentni identifikat-
siyalash va ularning qay biriga xizmat qilishini aniqlash.
Segment xaridorlarining talablari bir xil bo‘lib, identik bo‘lmagani
bois Dj.Anderson va Dj.Narus marketing mutaxassislarini standart emas,
balki egiluvchan bozor takliflarini kiritishga chaqiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |