Rollar va statuslar. O‘z hayoti davomida individ ko‘plab guruhlar
–oila, do‘stlar, turli tashkilotlar faoliyatida ishtirok etadi. Uning har bir
guruhdagi pozitsiyasi bajaradigan roli va statusiga ko‘ra belgilanadi.
Rol- bu harakatlar yig‘indisi bo‘lib, bajarilishi odamning atrofdagi o‘rab
olgan shaxslardan kutiladi. Bajariladigan har bir rol ma’lum statusga
mos keladi. AQSh oliy sudi sudyalarining statusi, tibbiy, savdo bo‘yicha
menejerning statusi kompaniyaning oddiy xizmatchisi statusidan yuqori.
Odatda, odamlar o‘zlarining ijtimoiy statuslarini (belgilarini) tasdiqlashi
va mustahkamlashi kerak bo‘lgan tovarlarni sotib oladilar. Shu bois
kompaniyalar prezidentlari harakatlanish vositasi sifatida «Mersedes»,
qimmatbaho kiyimlar va «Chivas Regal» viskisi kabilarni afzal
ko‘radilar. Marketologning mahsulot va tovar markasini status belgisiga
aylanishidagi potensial imkoniyatlarini anglay olishi o‘ta muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |