Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Xarid haqida qaror. Baholash bosqichida iste’molchida tanlov 

yakunida ma’lum markani afzal ko‘rish shakllanadi va eng yoqqan 




206 

 

variantni sotib olishga ishtiyoq tug‘iladi. Shu bilan birga tovarni sotib 



olish ishtiyoqi va xarid haqida qaror o‘rtasida yana ikki omilning ta’siri 

paydo bo‘lishi mumkin.  

Birinchi omil – boshqa odamlarning xaridga nisbatan munosa-

batlari. Boshqa odam fikrining salmoqliligi, birinchidan, iste’molchi 

tomonidan tanlangan markaga nisbatan uning salbiy munosabatining 

jadalligiga, ikkinchidan, potensial sotib oluvchining boshqalarning 

ishonchini qozonishiga.  

Ikkinchi omil – xaridorining fikrini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan, 

avvaldan ko‘zda tutilmagan vaziyatlar. Tasavvur qiling, bizning 

potensial xaridorimiz ishidan ajralib qoldi yoki boshqa yirik xarid 

qilishiga to‘g‘ri kelib qoldi yoxud unga sotuvchi yoqmadi. Shuning 

uchun xaridorning afzal ko‘rishi yoki niyatiga ko‘pincha 

ishonavermaslik kerak. Xaridor istagining o‘zgarishiga xarid haqidagi 

niyatini keyinga qoldirishiga u anglab yetgan risk (xavf, tavakkalchilik) 

ko‘proq ta’sir etadi. Risk miqdoriga quyidagilar kiradi: 

- xarid uchun talab qilinadigan pul miqdori 

- variantlar bahosi  

- tovar sotib olish niyati 

- boshqa odamlar munosabati 

- oldindan ko‘zda tutilmagan holatlar omillari 

- xarid haqida qaror 

 Xaridorning tovarning xususiyatlariga nisbatan gumonlariga va 

individning ishonganlik darajasiga ta’sir etadi. Xarid bilan bog‘liq 

risklarni kamaytirish uchun iste’molchilar sotib olishni keyinga 

qoldiradi, shu bilan birga ishlab chiqaruvchi mamlakat va beriladigan 

kafolatlarga tayanib, yangi axborotlar yig‘adi. Marketologlar 

xaridorlarning xarid bilan kuzatiladigan muammolar haqidagi fikrlarni 

yig‘ish omillarini e’tiborga olishlari va iste’molchini ular tomonidan 

anglashiladigan xatarni kamaytiruvchi axborotlar bilan avvalroq 

tanishtirishlari lozim. 




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling