Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Xariddan keyingi reaksiya


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Xariddan keyingi reaksiya. Tovar sotib olgach, iste’molchi 

qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg‘usini his qiladi. Xaridor tovarni sotib 

olgan paytdan ishlab chiqaruvchining ishi tugamaydi: u sotishdan 

keyingi paytda ham davom etadi. Marketolog iste’molchining qilgan 

xarididan qoniqqanlik darajasini, uning tovar sotib olingandan keyingi 

reaksiyasini va mahsulotning keyingi taqdirini o‘rganishi kerak. 




207 

 

Xariddan qoniqish. Iste’molchining xarididan qoniqqan yoki 

qoniqmaganini qanday aniqlash mumkin? Xariddan qoniqish 

iste’molchining kutgani va tovar xarakteristikasining real tarzda mos 

kelishi sifatida belgilanadi. Agar xarid dastlabki kutilganiga mos 

kelmasa, foydalanuvchi uni yoqtirmaydi, agar xaridorning ishonchi 

oqlansa, u qoniqish his qiladi. Agar tovarga berilgan xarakteristika 

iste’molchining kutganidan ham yaxshi (yuqori darajada) chiqsa, unda 

iste’molchi qoyil qolish tuyg‘usini his qiladi. Xaridorning takror xarid 

haqidagi qarori va uning do‘stlari va tanishlariga ushbu tovarni maqtab

sotib olishi, unga undashi ushbu tovardan qanoatlanganlik darajasidan 

kelib chiqadi. 

Iste’molchining kutishi sotuvchi va do‘stlaridan olgan ma’lumotlari 

asosida shakllanadi. Kutilgani va tovar xarakteristikasi orasidagi mos 

kelmaslik qancha ko‘p bo‘lsa, iste’molchining noroziligi shuncha kuchli 

bo‘ladi. Xaridor xarid qilgan narsasidan qoniqishi uchun ishlab 

chiqaruvchining reklamasi tovarning real xarakteristikasini ishonchli aks 

ettirmog‘i zarur. Ayrim sotuvchilar iste’molchi xarididan kafolatli 

qoniqish hosil qilishi uchun qandaydir darajada ularni pasaytiradilar 

ham. 



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling