Xaridning keyingi taqdiri. Ishlab chiqaruvchi xarid qilgan shaxs
uning tovaridan qanday foydalanayapti, degan savollarga ham javob
topa olishi kerak. Agar tovar tokchada chang bosib yotgan bo‘lsa,
demak, sotib olgan odam undan qanoatlanmagan, u haqidagi fikrlari
salbiy. Agar yoqmagan tovar sotib yuborilgan yoki foydaliroq tovarga
almashtirilgan bo‘lsa, ishlab chiqaruvchilarning yangi tovar ishlab
chiqarish hajmi pasayadi. Bundan tashqari yetkazib beruvchi kompaniya
xaridorlar bilan mahsulotni qo‘llashning yangi vositalarini topsa, u
bundan yutadi.
Xaridor qachondir sotib olgan tovaridan butunlay voz kechishi,
ishlab chiqaruvchi esa o‘z mahsulotidan nimaiki (chiqindi) qolgan
bo‘lsa, atrof-muhitga zarar yetkazmasligi uchun harakat qilishi kerak
bo‘ladi (bankalar, shishalar va pamperslar bilan bo‘lgan hodisadagi
kabi). Ekologiya va chiqindilarni zararsizlantirish muammolarining
o‘sib borishi xaridorlarning atirlarning chiroyli shishachalarini tashlab
yuborish borasidagi anglashmovchiliklari Fransiya Rochas kompaniya-
sining parfyumeriya tarmog‘ida yangi g‘oyaga undadi. 1994–yilda
Rochas hajmi 30, 50 va 100 ml. bo‘lgan va tugasa mos keluvchi
do‘kondan yana to‘ldirib olish imkonini beruvchi flakonlarda yangi
«parvoz suvi» ni taqdim etdi.
209
Xarid qilgan odam uning tovari taqdirini quyidagicha belgilaydi:
1. Mahsulotdan vaqtincha qutiladi. 2. Mahsulotdan qutiladi.
3. Mahsulotdan butunlay qutiladi. 4. Foydalaniladi. 5. Ijaraga beriladi.
6. Qarzga beriladi. 7. Vazifasiga ko‘ra ishlatiladi. 8. Uni qo‘llashning
yangi usuli topiladi. 9.Yaxshi kunlar kelguncha, saqlanadi. 10. Berib
yuboriladi. 11. Almashiladi.12. Sotiladi. 13. Tashlab yuboriladi.
14. Sotish uchun. 15. Foydalanish uchun. 16. Vositachiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |