Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Xarid haqida qaror qabul qilish jarayonining bosqichlari


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

 

Xarid haqida qaror qabul qilish jarayonining bosqichlari 

 

Ilg‘or kompaniyalar doimiy ravishda iste’molchilar tomonidan tovar 

haqida ma’lumotlar yig‘ish, savdo markasini tanlash, mahsulotdan foy-

dalanish va hatto uni yo‘q qilish jarayonlarini tadqiq qilish bilan 

shug‘ullanadilar. «Honda» ning muhandislari mahsulotlar solingan sum-

kalarni o‘z avtomobillari yukxonasiga joylashtirish (yuklash) jarayonini 

video tasmaga yozib oldilar va iste’molchilarning harakatlarini eng 

mayda holatigacha ko‘rib chiqib, konstruksiyaga zarur o‘zgartirishlar 

kiritdilar. «Quicken» - moliyaviy dasturlarni ishlab chiquvchi 

kompaniyaning «Intuit» xodimlari o‘z tovarlarining yangi sotib 

oluvchilarining har bir xatti-harakatlarini yuzaga kelgan murakkabliklari 

bilan qayd etgan holda kuzatdilar. Benson Shapiro va uning hamkasblari 

kompaniyalarni «buyurtmalar bilan qadrlash» tovarga buyurtma berish 

jarayonida yuz beradigan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan hamma 

narsaga e’tibor qaratishga chaqiradi. 

Marketolog tovarni xarid qilish jarayoni bosqichlarini qanday aniq-

laydi? U o‘zini xaridorning o‘rniga qo‘yib ko‘rishi (introspeksiyalar 

metodi) yaqindagi xaridorlardan ularni ushbu tovarni sotib olishni 

rejalashtirayotgan iste’molchilardan xaridning bo‘lg‘usi jarayonini 

tasvirlab berishini so‘rashi vanihoyat, xaridorlar xaridning ideal 

jarayonini tasavvur qilishlari bilan qiziqishi mumkin. Ushbu metod-

lardan har biri yaratilayotgan xarid jarayoni bosqichlariga yangi-yangi 

«rang» beradi. 

Iste’molchining tovarga nisbatan tabiatini tadqiq qilish turlicha 

nomlanadi: iste’molchilik tizimi manzarasini tuzish, xaridorlik faoliyati 

sikli, xaridorlik ssenariysi. Tadqiqot obyekti iste’molchilik faoliyatining, 

masalan, yuvish, to‘yga tayyorgarlik, avtomobil xarid qilish kabi turlari 

bo‘lishi mumkin. Oxirgi holatni ko‘rib chiqamiz. Avtomobil sotib olish 

harakatlari mashina tanlash, xarid uchun pul qidirish, sug‘urtani 

rasmiylashtirish, aksessuarlar xarid qilish kabi bir yo‘la bir necha turlari 

bilan bog‘liq. Professor M.Shouni ushbu harakatlarning hammasini 



201 

 

birlashtirib bozorga taalluqli iste’molchilarga, bu harakatlarni amalga 



oshrishda yordam beruvchi firmalarni esa “metavositachilar”, deb 

qaraydi. Bir metavositachiga misol sifatida Edmunds. com.web-saytini 

ko‘rsatish mumkin. Edmunds.com. sayt avtomobillar va yondosh 

xizmatlar bo‘yicha oldindan olinmagan, obyektiv ma’lumotlarni taklif 

qiladi. Ular quyidagicha ishlaydilar: 

Edmunds. com.da taqdim etilgan har qanday avtomobillar uchun 

foydalanuvchilar modelning o‘ziga xos xususiyatlari, sifati va dillerlar 

narxini bilishi mumkin. Bir necha marka va modelni tanlash bilan 

cheklanish, mashinalarni parallel taqqoslash mumkin. Sayt orqali ishlab 

chiqaruvchilarga, maxsus iste’molchilarga atalgan va tanlangan avto-

mobillar haqida axborotlar bilan risolalarni buyurtma berish mumkin. 

Yordam uchun turli avtomobillar egalari Edmunds («Edmunds 

Town Hall») ga murojaat qilish mumkin. Bu yerda turli kompaniyalar 

haqida salbiy fikrlar bilan saytlarga ilovalar ham topishi mumkin. Tez 

orada foydalanuvchilar uchun bir yo‘la bir necha markadagi avtomobil-

larning «haydovchilarini testdan o‘tkazish»ga yozilish imkoniyati bo‘la-

di, ularga Edmunds va CarMax, Avto Nationalning sherik kompaniyalari 

va boshqalar homiylik qiladi. Xaridorlar mashinani bemalol, erkin 

ko‘zdan kechira oladilar. Bunday testlashtirishning vaqti, joyi va 

ishtirokchilari oldindan belgilanadi, chunki xaridorlar aynan o‘zlariga 

zarur modellarini sotib olishlariga ishonsa bo‘ladi. Mashinaning 

markasini aniqlagach, foydalanuvchilar zarur model va modifikat-

siyalarni tanlashlari mumkin. Hammasi yakunlangach, “Edmunds” dan 

(National-Bank orqali) mashina sotib olish uchun kredit olish, servis 

kafolatni uzaytirish (Warranty Gold yordamida avtomobilni sug‘urtalash 

(GEICO kompaniyalarida), qolgan pulga esa aksessuarlar sotib olish 

(J.C.Whitney dan) mumkin. 

Olimlar tomonidan mashina sotib olishning tabiiy, besh bosqichni 

o‘z ichiga oluvchi modeli ishlab chiqilgan: muammoni tushunib yetish, 

axborotlar qidirish, variantlarni baholash, xarid haqida qaror va sotib 

olingandan keyingi reaksiya tabiiyki, xarid jarayoni bevosita tovar sotib 

olishdan ancha oldin boshlanadi, uning oqibati esa sotib olish aksi yuz 

bergandan keyin ancha vaqt o‘tib paydo bo‘ladi. 

Xarid jarayoni modeli uning bosqichlari izchil davom etishini 

ko‘zda tutadi. 

1. Muammolarni anglab yetish.  

2. Axborotlarni qidirish. 



202 

 

3. Variantlarni baholash. 



4. Xarid haqida qaror. 

5. Xaridga reaksiya. 




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling