Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketologlar uchun iste’molchi biznesiga yondashuv


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Marketologlar uchun iste’molchi biznesiga yondashuv 

 

Marketologlar “qanoatlanmagan” iste’molchilarni topib, ular uchun 

alohida marketing strategiyasini ishlab chiqishni xohlaydi. Eng avvalo, 

potensial iste’molchilarni topish kerak.  

Bozorlar pul sarflaydigan insonlardan tashkil topadi! “Puli bor” 

insonlar bozorlarni yaratadi. Shuning uchun eng avvalo ishni turli 

regionlardagi aholi soni, ularning daromadi va boshqa demografik 

jihatlarini o‘rganishdan boshlash kerak.  

Xaridor xulq-atvorining shakllanishida boshlang‘ich ta’sirni 

madaniylik darajasi va uni tashkil etuvchi xususiyatlar belgilaydi. 

Madaniyat – insonning ma’naviy yetukligini, ehtiyojlari va atvorining 

vujudga kelishida muhim ahamiyatga ega. Lekin madaniyat tub 

ma’noda, irqiy va milliy madaniyat bilan birlashgan tarzda uchraydi. 

Faraz qilaylik, yoshlarning individualligi, faolligi, erkinligi va yuqori 

martabaga bo‘lgan intilishi, yalpi madaniy jihatga ega bo‘lsa, milliylik, 

tarixiy ko‘nikma, barcha millat yoshlarida o‘zgacha xususiyatlarga ega. 

Madaniy jihatdan xaridorning amaldagi ijtimoiy mavqeyi o‘rni ham 

muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy mavqe yoki o‘rin – xaridorning jamiyat 

miqyosida tegishli kasb, mashg‘ullik va qiziqishlari, fe’l-atvorlariga 

ko‘ra tartibli tarzda shakllangan guruhlarga bo‘linishidir. Ushbu ijtimoiy 

guruhlarga ajratishda madaniy saviya, kasb, daromadlar miqdori, 



186 

 

odatlar, qadriyatlar asosiy farqlanish belgisi bo‘lib hisoblanadi. 



Xaridorlarni o‘rganishda nafaqat daromad darajalari, shuningdek, 

kasbi, faoliyat turi, ma’lum ijtimoiy statusning mavjudligi, ma’lumoti va 

yashash joyi ham kiritiladi. Ijtimoiy sinflar vakillari turli xil tovarlar va 

tovar markalarini, shu jumladan, kiyim, uy mebellari, avtomobil 

kabilarni ham qo‘shgan holda tanlab olishda ma’lum umumiy ustunlikka 

ega.  


 Xaridorning aniq tovar va savdo markasini tanlashiga madaniy va 

iste’molchilik sharoitidan tashqari referent guruhlar, oila, rollar va 

statuslar kabi ijtimoiy omillar ham ta’sir o‘tkazadi. Marketologlar 

maqsadli iste’molchilarning referent guruhlarini aniqlashlari, shu bilan 

birga ularning u yoki bu tovar yoki markani xarid qilishda odamlarga 

turlicha ta’sirlarini unutmasliklari kerak.  Referent guruhlar (Shaxsiy 

kontraktda) – individga nisbatan uning qandaydir tabiatiga bevosita yoki 

bilvosita ta’sir etuvchi odamlardan iborat bo‘ladi. Odamga bevosita 

ta’sir ko‘rsatuvchi guruhlar tegishlilik (afzallik) guruhlari deb ataladi. 

Ular birlamchi (oila, do‘stlar, qo‘shnilar, ishdagi hamkasblar, 

individning a’zolar bilan o‘zaro ta’siri doimiy yoki norasmiy xarakterga 

ega bo‘ladigan jamoa) va ikkilamchi (proffesional jamoalar, diniy va 

kasaba uyushmasi birlashmalari asosan, rasmiy asosda tuzilgan: ularning 

a’zolari bilan odamning muloqotlari rasmiy va davriy xarakter kasb 

etadi) jamoalarga ajratiladi.  

Referent guruhlar individga hech bo‘lmaganda uch xil rakursda 

jiddiy ta’sir o‘tkazadilar: ular odamning hayot tarzi va xulq-atvorini 

o‘zgartirishga ta’sir etadi; individning hayotga va o‘ziga nisbatan 

tasavvurlariga ta’sir ko‘rsatadi. Referent guruhlar ayniqsa, avtomobillar, 

rangli televizor, urfdagi mebel to‘plamlari va kiyimlarining savdo 

markalarini tanlashda, pivo va sigaret sotib olishda kuchli ta’sir 

o‘tkazadilar. Agar tovar ishlab chiqaruvchilar va marka egalari referent 

guruhlarning kuchli ta’sirlariga duch kelib qolsalar, fikrlar liderlariga 

ta’sir etishning imkoni bo‘lgan metodlarini o‘rnatishlari lozim.  

 Fikr liderlari – norasmiy suhbatda suhbatdoshiga aniq mahsulot 

yoki tovar kategoriyalari bo‘yicha mahsulot yoki axborot beruvchi 

individlar (qaysi markani tanlagan yaxshi yoki qaysi tovardan qanday 

foydalanish kabilarda). Fikr liderlari hamma ijtimoiy qatlamlarda 

ishtirok etadi, har bir individ ayrim mahsulotlar sohasida uni doimo 

sotib oluvchilar sifatida yangi xaridorlar uchun fikr liderlari bo‘lishi 

mumkin. Marketologlar ularning demografik va psixologik 



187 

 

xarakteristikalarini, ular afzal ko‘radigan gazeta va jurnallarni o‘rganib, 



fikr liderlarini aniqlashga urinadilar. Ma’lumotlarni tadqiq etish asosida 

fikr liderlari uchun maxsus reklama murojaatlari ishlab chiqiladi. 

Yoshlar musiqasida eng yangi oqim urflar va odatlardagi yangiliklar 

shahar markazlarida tug‘iladi, keyin shahar atrofidagi o‘smirlar 

tomonidan o‘zlashtiriladi. “Levi Strauss” kabi kiyim ishlab chiqaradigan 

kompaniyalar moda ketidan quvuvchi (ularni kuzatib boruvchi) 

yoshlarni o‘ziga jalb qilishga urinadi va shahardagi fikr liderlarining 

uslubi va hayot tarzini maqsadga yo‘naltirilgan holda o‘rganadi. Ushbu 

kompaniya jinsini kashf etganiga 150 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Bugun 

amerikalik o‘smirlar va yoshlar mashhur dizayn va markadagi 

kiyimlarni afzal bilganda, Levi Strauss raqobatning qanchalar og‘ir va 

kuchliligini his etdi. Kompaniya shahar hayot tarzini afzal biluvchi 15-

24 yoshli o‘smirlar va yoshlar uchun «Silvertab» markali kiyimlar 

seriyasini ishlab chiqdi. Integratsiyalangan marketing dasturi va 

«Silvertab» obrazi aynan mana shu guruh uchun ishlab chiqildi. 2000-

2001-yillarda dasturda “xip-xop” va “ritm and blyuz” ning Fredro Star 

kabi yulduzlari, “Black Eyed Peas”, “City High va Progect C and B 

kabilar” ishtirok etdi. Bundan tashqari savdo markasi bilan tanishuvni 

oshirish va do‘konga xaridorlarni jalb etish uchun onlayn filmlar, 

o‘yinlar, tanlovlar va hokazolardan foydalanildi. Ushbu hamma 

tadbirlarning samaradorligini baholash uchun marketing guruhlari 

haqiqiy inspeksiya o‘smirlar garderobi bo‘yicha reydlar va ko‘p sonli 

fokus guruhlar tashkil etdilar. Bularning hammasi «Silvertab» ni jinsi 

markasi miqdori bo‘yicha jahonda 5-o‘ringa olib chiqdi.  

Boshqa kiyim ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini yosh 

guruhlarining boshqa segmentlariga mo‘ljallaganlar.  




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling