Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6
B= M x T x N
bunda B- bozorning sig‘imi, M – aniq bozorda mahsulotning ushbu turini sotib oluvchi mijozlar soni; T-tadqiq etilayotgan vaqt davomida xaridorlar tomonidan ushbu tovarning xarid qilinish soni;
N - mahsulotning o‘rtacha narxi. Ikkinchi holatda formula quyidagicha: B= MICh+ Z + I – E Bunda B- bozorning sig‘imi, MICh- milliy ishlab chiqarish, Z- tayyorlovchi korxona omborlaridagi tovar zaxiralari qoldiqlari, I-import, E-eksport. Firma natijalarini o‘zaro nazorat qilish va tuzatish uchun odatda, bu usullarning ikkalasidan ham foydalaniladi. Biroq bozor sig‘imini aniqlashning ushbu formulalari o‘ta sodda va yanada aniqroq, reallika yaqinlashgan ko‘rsatkichlarni olish uchun aholi xarid qobiliyatiga, xarid tarkibi va odatlariga, hayot tarzi stereotiplariga va yana ko‘plab omillarga tuzatishlar kiritish kerak, ya’ni ko‘p omilli iqtisodiy modellardan foydalanish zarur bo‘ladi. 2009 – yilda Rossiya kiyim bozorlarining sig‘imi – 12-14 mlrd. doll., oyoq kiyim bozorlariniki – 180-200 mln. juft (4-5 mlrd. doll.), bolalar kiyimi bozori sig‘imi – 3-4 mlrd. doll.ga baholandi. Bozor sig‘imini aniqlay borib, ushbu bozorga kiruvchi korxonalar bozordagi raqobatchi firmalarning ishtiroki va ishini e’tiborga olib, uning to‘liq miqdorini egallab olishni hisob-kitob qilishga haqli emasmiz. Shuning uchun ushbu bozordagi xususiy ulushi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish ham (agar korxonalar unda ishtirok etayotgan bo‘lsa) yoki kelgusida bozordagi imkoniyati bo‘lishi mumkin bo‘lgan ulushining hisob-kitobini qilish yangi bozorga kirishda yoki o‘zining kelgusi faoliyati natijalarini hisob-kitob qilishda muhim hisoblanadi. Bozorning kompaniyaga tegishli ulushi ko‘rsatkichi raqobat kurashida u ushbu bozordagi raqobat kurashida qanday rol o‘ynashini tushunishiga va bu bozorda muomalaning to‘g‘ri liniyasini, raqobat strategiyasini ishlab chiqishga imkon beradi. Bozordagi ulush quyidagi formula bo‘yicha hisob-kitob qilinadi: Bu = BSh:U x 100%, bunda Bu - korxonaning bozordagi ulushi; BSh – korxonaning bozordagi sotilish hajmi, U - ushbu tovarning ushbu bozordagi umumiy sotilish hajmi. Masalan, 2009 – yilda mobil telefonlarining jahon bo‘yicha sotilishi 990,8 mln. donani tashkil etdi. Unda Nokianing ulushi – 36,2%, Motorolaniki – 21,1%, Samsung – 11,8%, Sony Ericson -7,4%, LG – 6,3%, BenQ – 2,4%ni, qolganlari esa 14,8% ni tashkil etdi. 163
Olingan hamma ma’lumotlar asosida bozor rivojlanishining konyunkturaviy bashorati tuziladi, uning yakuniy vazifasi esa ehtimol tutilgan kelajak manzarasini yaratish: foydalanib qolish kerak bo‘lgan imkoniyatlarni va qochish zarur bo‘lgan xavflarni aniqlashdir.
Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling