Tender asosida narxni belgilash. Bunday vaziyatlarda korxona o‘z
narxini belgilashda ushbu narx va o‘zining xarajatlari hamda talab
ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalaridan emas, raqobatchilarning
kutiladigan narx takliflaridan kelib chiqadi. Korxona shartnoma
tuzmoqchi bo‘ladi, demak, buning uchun esa boshqalar narxiga
qaraganda past bo‘lgan narxni so‘rashi kerak. Biroq bu narx tannarxdan
past bo‘lmasligi lozim, aks holda korxona o‘ziga zarar qilgan bo‘ladi.
Bu usul ehtimolli baholashni qo‘llaydi va hisob-kitoblarning quyidagi
ketma-ketligini nazarda tutadi:
− shartnomaning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar hisob-
kitobi;
− potensial raqobatchilar tomonidan qo‘llaniladigan savdo taktikasi
tahlili;
− korxona taklif qiladigan narx raqobatchilar so‘raydigan narxdan
past bo‘lishining ehtimolini aniqlash;
− korxonaga maksimal foyda olib kelishi kutilayotgan narx
miqdorini aniqlash;
− tender savdolarini tashkil qilish mexanizmi.
256
Narxlarni shakllantirishning asosiy metodlari narx siyosati «magiya
uchburchagi»ning biror bir unsuriga urg‘u berilishi bilan farqlanadi:
korxona xarajatlari, iste’molchilar baholari va raqobatchilar baholari.
Do'stlaringiz bilan baham: |