Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

 

11.2. Ulgurji va chakana savdo 

 

Tovarlarni ishlab chiqarilgan joyidan foydalaniladigan joyiga tarqa-

tish (distributsiya) savdo kanalida ishlovchi ulgurji yoki chakana 

tashkilotlar yoki alohida shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ishlab 

chiqaruvchining yangi mahsuloti taklifi bozordagi talabdan yuqori 

bo‘lsa, distribyutor xizmatidan foydalanadi. Distribyutor funksiyasini  

ulgurji va chakana savdo tarmoqlari bajarishi mumkin. 

Ulgurji savdo – ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida 

vositachi bo‘lib, u bir yo‘la ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchiga 

xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchi uchun ulgurji savdo foydali bo‘lib, u 

o‘z bozorini kengaytirish va xarajatlarni kamaytirish imkoniga ega 

bo‘ladi. 

Ulgurji korxonalar quyidagi qoidalarga asoslanib ishlashi kerak: 

•   Bozorlarni chuqur o‘rganish, tovarlar uchun bozorni tanlash. 

•   Xarajatlar tarkibini kuzatib borish, omborlar, ishchilarga keta-

digan xarajatlarni tahlil qilish. 



296 

 

•   Ulgurji savdoni barcha texnologik ketma-ketlikda bajarish, 



operatsiyalarning daromadliligini nazorat qilish (ulgurji shaklida sotib 

olish, saqlash, qadoqlash, nav (sort) larga ajratish, sotish). 

•   Sotiladigan  mahsulotlarning  imiji va brendi shakllanishiga 

yordam berish. 

Ulgurji firmalar bir tomondan o‘zlari uchun alternativ ishlab 

chiqaruvchilar izlab, yangi-yangi mahsulotlarni sotib olish va sotishni 

maqsad qilsa, ikkinchi tomondan yangi sotish bozorlarini ham izlaydi, 

yangi iste’molchilar segmentini tovarlarga jalb qiladi. Ulgurji firmalar 

bozorlar haqida axborotga ega bo‘lib, korxonalarni iste’molchilar 

talablari, bozor holati bilan bog‘liq axborotlar bilan ta’minlaydi. Shu 

bilan birga iste’molchilarni bozor konyunkturasi, yangi tovar haqidagi 

ma’lumotlar bilan tanishtiradi. 

  Ulgurji savdo – tovar va xizmatlar sotilishi bo‘yicha faoliyat-

larning hamma turini: qayta sotish maqsadida ularni kim sotib oladi, 

professional foydalanish yoki biznesda foydalanish kabilarni o‘z ichiga 

oladi. Ulgurji sotuvchilar ishlab chiqaruvchilarga tovarlarni ko‘plab turli 

xil savdo korxonalariga va ishlab chiqarish iste’molchilariga samarali 

yetkazib berish, transportirovka qilish, omborga joylashtirish, moliya-

lashtirish, tavakkalchilikni qabul qilish, savdoni rag‘batlantirish kabilar-

da yordam beradi. 

Ulgurji savdo funksiyasini quyidagilar amalga oshira oladi: ishlab 

chiqaruvchining iste’mol bozorida 40 % atrofida ulgurji savdoni ta’min-

lovchi savdo idorasi yoki filiali, tijorat ulgurji firmalari (50 % atrofida 

aylanma; agentlar va brokerlar (umumiy ulgurji aylanmaning 10 %). 

Savdo idoralari odatda, savdo bozorlari yaqinida joylashadi va tovar 

zaxiralarini saqlaydi. Filiallar savdo bilan ham, saqlash bilan ham 

shug‘ullanadi. Savdo idoralari va tayyorlovchi filial orqali ulgurji savdo, 

agar iste’molchilar geografik jihatdan bir joyga yig‘ilgan va shuningdek, 

mahalliy ulgurji sotuvchilar bilan kelishish imkoni bo‘lmasa yoki bozor 

infratuzilmasi rivojlanmagan bo‘lsa, foydali hisolanadi. 

Mustaqil ulgurji tijorat tashkilotlari o‘zlari ish olib boradigan ham-

ma tovarlarga mulkchilik huquqini sotib oladi va sotuvdan keladigan 

foyda hisobiga faoliyat yuritadi. Ulgurji tashkilotlar xizmat ko‘rsatish-

ning to‘liq yoki cheklangan sikliga ega bo‘lganlaridan farqlanadi. 

Xizmat ko‘rsatishning to‘liq sikliga ega ulgurji sotuvchilar tovar 

zaxiralarini saqlash, sotuvchilar bilan ta’minlash, kreditlash, tovarni 

yetkazib berishni ta’minlash kabi xizmatlarni ko‘rsatadi. O‘z xarakteriga 



297 

 

ko‘ra ular ulgurji sotuvchilar yoki ishlab chiqarilgan tovarlarni 



tayinlangan joyga yetkazib beruvchi distribyutorlardir. 

Ulgurji sotuvchilar (dilerlar) asosan, chakana sotuvchilardan farqli 

ravishda ularga to‘liq xizmat ko‘rsatgan holda iste’mol tovarlarini 

sotadilar. 

Ulgurji savdo – umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik 

vazifalarni bajaradi. Ulgurji savdoning ahamiyati: 

•  chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini 

kengaytirib taklif etadi

•  katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi; 

•  yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar 

bozorini chuqur o‘rganadi; 

•  tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zaxiralarini shakllantiradi; 

•  ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‘rtasida mustahkam 

aloqa  bog‘laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar; 

•  ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - 

ulgurji savdo bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, 

hissadorlik, qo‘shma va davlat mulkiga asoslangan bo‘lishlari mumkin. 

Ulgurji savdo bazasi –mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi, maxsus ombor 

xo‘jaligiga va malakali xodimlarga ega bo‘lgan firma mavqeyida 

ishlaydi. U tovar assortimentlarini qabul qilish, saqlash va iste’molchi-

larga yetkazib berish jarayonini tashkil etadi. 

Tovar birjalarining ulgurji savdo bazalari faoliyatidan farqi, ular 

tovarlarni sotib olish va qayta sotish bilan shug‘ullanmaydi, ombor 

xo‘jaliklari ham yo‘q, ular faqat vositachilik qiladi. Agent va brokerlar 

vositachilik ishini bajaradi, ammo moddiy javobgarlikni bo‘yniga oladi. 

Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar distribyutorlari uni 

chakana sotuvchilarga emas, ustuvor ravishda ishlab chiqaruvchilarga 

sotadilar. 

Xizmat ko‘rsatish sikli cheklangan ulgurji savdo qiluvchilar o‘z 

mijozlariga kamroq xizmat ko‘rsatadilar. Ular tovarni naqd hisob-kitob 

bilan sotib oladigan, lekin xaridorga yetkazib bermaydigan ulgurji 

sotuvchilar. 




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling