Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

 

2.4. Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra  

marketingning turlari 

 

Marketingning evolyutsion bosqichida qo‘llanish sohasi, hamda 

bozordagi talabning xarakteriga qarab marketing turlari va shakllari 

farqlanadi. Marketingning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi: 

1.  Nodifferensial marketing.  

2.  Differensial marketing. 

3.  Mujassamlashgan yoki konsentratsiyalashgan marketing. 

4.  Kommunikativ marketing. 



Nodifferensial marketing – 1950 – yillarda rivojlanib, bozorni seg-

mentlarga bo‘lishni nazarda tutmagan. Maksimum ishlab chiqarish va 

sotish asosiy tamoyil bo‘lgan va keyinchalik esa tovar-xaridor -sotish - 

reklamaga e’tibor qaratildi. 



Differensial marketing – 1960 – yillarda shakllanib, unda bozorni 

segmentlarga bo‘lib o‘rganish, xaridorlar segmetini aniqlash, ularga mos 

tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratildi. 

Segmentlash g‘oyasining rivojlanishi konsentrlashgan, ya’ni 



mujassamlashgan marketing turini vujudga keltirdi. Uning mohiyati 

bozorning barcha segmentlari uchun emas, balki kam o‘rganilgan yangi 

yo‘nalishlarini aniqlash va shu segment uchun tovar yoki xizmat turini 

yaratish. Masalan, uyali aloqaning paydo bo‘lishi, mobil telefonlarning 

yaratilishi yangi innovatsion bozor segmentini yaratdi. Bu davrda giper 

raqobat va keskin diversifikatsiya yuzaga keldi. Mobil telefonlar 

assortimenti ko‘payib, yangi uyali kompaniyalar uyali aloqa bozorini 

shakllantirdi. 




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling