Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Xaridorning qaror qabul qilishiga uning shaxsiga oid tavsiflari


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Xaridorning qaror qabul qilishiga uning shaxsiga oid tavsiflari

yoshi va oilasi hayot siklining bosqichi, ishi, iqtisodiy holati, hayot 

uslubi, fe’l-atvori va o‘zini o‘zi anglashining o‘ziga xosligi kabilar ta’sir 

qiladi.  



Yoshi va hayot sikli bosqichi. Hayoti davomida odam turli xil 

tovar va xizmatlarni sotib oladi. Bolaga bolalar ozuqasi zarur, katta 

odamlar rang-barang mahsulot va taomlarni tatib ko‘rgisi keladi, yoshi 



191 

 

ulg‘ayganda (keksayganda) esa u parhez taomlarni iste’mol qiladi. Vaqt 



o‘tgan sari kiyimlar, mebellar, dam olishga nisbatan ham individual did 

(qarash) lar o‘zgarib boradi.  

 Individ ist’emolning strukturasi uning oilasi hayot siklining qaysi 

bosqichdaligiga bog‘liq. Odatda, oilalar hayot siklining 9 bosqichi 

ajratiladi, ularning har biri uchun ma’lum moliyaviy ahvol va o‘ziga xos 

xaridlar xarakterli. Ko‘pincha, marketing rejasini ishlab chiqishda ishlab 

chiqaruvchilar oilaning hayot tarziga mos davrdagi ma’lum maqsadli 

guruhlarga ko‘ra ish tutadilar. E’tiborga olish kerakki, bitta uy xo‘jaligi 

egalari ham yagona oilani tashkil qilavermaydi. Marketologlar yolg‘iz 

odamlar, fuqarolik nikohida yashovchilarni ham ajratadilar. Bundan 

tashqari yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar inson hayot siklining psixologik 

bosqichlari ham mavjudligini aniqladi.  




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling