qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg‘usini his qiladi. Xaridor tovarni sotib
207
Xariddan qoniqish. Iste’molchining xarididan qoniqqan yoki
qoniqmaganini qanday aniqlash mumkin? Xariddan qoniqish
iste’molchining kutgani va tovar xarakteristikasining real tarzda mos
kelishi sifatida belgilanadi. Agar xarid dastlabki kutilganiga mos
kelmasa, foydalanuvchi uni yoqtirmaydi, agar xaridorning ishonchi
oqlansa, u qoniqish his qiladi. Agar tovarga berilgan xarakteristika
iste’molchining kutganidan ham yaxshi (yuqori darajada) chiqsa, unda
iste’molchi qoyil qolish tuyg‘usini his qiladi. Xaridorning takror xarid
haqidagi qarori va uning do‘stlari va tanishlariga ushbu tovarni maqtab,
sotib olishi, unga undashi ushbu tovardan qanoatlanganlik darajasidan
kelib chiqadi.
Iste’molchining kutishi sotuvchi va do‘stlaridan olgan ma’lumotlari
asosida shakllanadi. Kutilgani va tovar xarakteristikasi orasidagi mos
kelmaslik qancha ko‘p bo‘lsa, iste’molchining noroziligi shuncha kuchli
bo‘ladi. Xaridor xarid qilgan narsasidan qoniqishi uchun ishlab
chiqaruvchining reklamasi tovarning real xarakteristikasini ishonchli aks
ettirmog‘i zarur. Ayrim sotuvchilar iste’molchi xarididan kafolatli
qoniqish hosil qilishi uchun qandaydir darajada ularni pasaytiradilar
ham.
Do'stlaringiz bilan baham: