9.3 -rasm. Tovarning sifati
Bozor tizimi iste’molchilar xohishini korxonalar va resurs yetkazib
beruvchilarga topshiradi va ulardan qoniqarli javob olishni kutadi.
Oddiy bozorda tovar ishlab chiqaruvchi korxonaning bozor va butun
xo‘jalik siyosati bo‘yicha taqdirini belgilaydi. Shu sababli ham tovarni
yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, sotilgandan keyingi
xizmat ko‘rsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish shubhasiz, tovar
ishlab chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi.
Mana shu kompleks tadbirlar tovar siyosati, deb ataladi. Aynan shu
sababli ishlab chiqaruvchida iste’molga qaratilgan sifatli tovar bo‘lmasa,
unda hech narsa yo‘q! – bu marketingning qat’iy qoidasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |