Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Tovar nomenklatura nomi – bu bir xil iste’mol ehtiyojini qondi-

ruvchi tovarlar assotimentining umumlashgan nomi. Masalan, “Yuvish 

vositalari”. “Non va non mahsulotlari” va hokazo. 

Assortiment  (ingl. Assortment, range) — firma (kompaniya) 

sotayotgan mahsulotlarning guruhlar, turlar, tiplar, navlar, o‘lchamlar va 

markalar bo‘yicha tarkibi. Tovar assortimenti, deganda – bir xil iste’mol 



219 

 

ehtiyojimizni qondiradigan turli tovarlar xillarini tushunamiz. Masalan, 



non va non mahsulotlari –tovarning nomenklatura nomi, deb ataladi. Bu 

guruhga kirgan non turlari assortiment, deb ataladi. 

Assortiment kengaytirilishi — assortiment kengligi (tovar guruhlari 

miqdori) va chuqurligi (har bir guruhdagi modellar, markalar turlari 

miqdori) bo‘yicha farqlanadi.Tovar assortimenti har bir turdagi 

mahsulotni uning sifat xususiyatlari bo‘yicha tarkibi, marka, navi, profili 

kabi tomonlari bilan berilgan miqdorda ajratilishidir. Mavjud tovarlar 

kategoriyalariga yangi variantlarning qo‘shilishi. Bunga o‘xshash 

kengaytirishni marketologlar savdo markasi nufuzi barbod bo‘lishi 

tavakkali bilan bog‘laydilar. Assortiment kengligi —  bozorda taklif 

etilayotgan turli mahsulot liniyalari (tovar kategoriyalari)ning muayyan 

miqdori. 

Assortiment siyosati — ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenk-

laturasi va uni maqbullashtirish yo‘li muammosini hal etishni nazarda 

tutadigan faoliyat. Assortiment siyosatining asosiy vazifasi ishlab 

chiqarish bo‘linmasidagi ishlab chiqarish tuzilmalarida quyidagilarni 

aniqlash hisoblanadi: 

- yangi mahsulot bilan takomillashtirish va zamonaviylashtirish 

talab etiladigan mahsulot, takomillashtirishni talab etmaydigan an’ana-

viy mahsulot, eskirgan mahsulot o‘rtasidagi nisbat (ulush)ni aniqlash; 

- ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va rejalashtirilgan 

sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlarini belgilash; 

- ishlab chiqarilayotgan bitta bir xil mahsulot andozalarini va 

o‘zgargan turlarini aniqlash; 

- ishlab chiqarilayotgan mahsulotning butun nomenklaturasi               

bo‘yicha hayotiylik davri tarkiblarini va assortimentni yangilash istiq-

bollarini aniqlash; 

- mahsulotning tabaqalanish darajasini va yangi mavjud mahsulotlar 

texnologik umumiyligi darajasini aniqlash. 

Assortiment siyosatini shakllantirish quyidagilarni hisobga olgan 

holda amalga oshiriladi: zarur resurslarning mavjudligi, ishlab chiqarish-

ning texnik va texnologik darajasi, eng maqbul muddatlarda yangi ishlab 

chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari, ishlab chiqarish patentlari va 

sirlari, ularning patent himoyasining mavjudligi, ishlab chiqarishning 

kutilayotgan rentabelligi va investitsiyalarni qoplash muddatlari, butun 

ishlab chiqarish jarayoni barcha bo‘g‘inlarida boshqaruv kadrlari va 

malakali xodimlarning mavjudligi, vositachi yetkazib beruvchilar bilan 

barqaror aloqaning mavjudligi, talabning mavsumiyligi, narxlar 

konyunkturasi va o‘sib borishi bilan bog‘liq tavakkalchilik darajasi. 



220 

 

Assortiment siyosati o‘z firmasida texnologik bilim va tajribadan 



foydalanishni eng maqbul holga keltirishga, ishlab chiqarilayotgan to-

varlar rentabelligi va yangilarini joriy etishga ketadigan xarajatlar 

nuqtayi nazaridan moliyaviy resurslarni maqbullashtirishga qaratilgan. 

Assortiment siyosatini shakllantirish asosida tovarning hayotiylik 

davri mohiyati yotadi. Tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida 

savdoning turli shakl va usullaridan foydalaniladi, sotishni rag‘bat-

lantirishning turli vositalari qo‘llaniladi, xususan, ular iste’molchilik 

maqsadidagi turli tovarlar, shuningdek, ishlab chiqarish maqsadidagi 

mahsulotlarni sotish paytida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. 

Assortiment siyosatini ishlab chiqish mahsulotni hayotiylik davri va 

yangi mahsulotni joriy etish to‘g‘risidagi qarorni o‘z vaqtida qabul qilish 

nuqtayi nazaridan, an’anaviy turdagi mahsulotlarni zamonaviylashtirish, 

tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlash va ayni paytda uzluksiz texnik 

xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida ishlatishda bo‘lgan mahsulot 

uchun ehtiyot qismlar chiqarishni davom ettirish nuqtayi nazaridan 

o‘rganishga doimiy e’tiborni talab etadi. 

Amalda ham firma (kompaniya, korxona) assortiment siyosatini 

ishlab chiqish va amalga oshirish bilan doimiy ravishda shug‘ullanadi.  

Buyumlar nomenklaturasi ishlab chiqilishi bilanoq foydani ro‘yobga 

chiqarishi uchun mas’uliyat joriy kundalik xo‘jalik faoliyati bo‘linmasi 

zimmasiga yuklatiladi. Bir paytning o‘zida yangi tovarlarni chiqarish 

an’anaviy tovarlar turi va texnologiyalarni o‘zgartirish va takomillash-

tirish amalda faqat yirik sanoat kompaniyalari uchungina xos bo‘ladi. 

Uncha katta bo‘lmagan firmalar odatdagi faoliyat turlariga ixtisoslasha-

dilar: 

–  novator firmalar (venchur firmalar) yangi mahsulotni ishlab 

chiqadilar; injenering firmalar ma’lum bo‘lgan buyumlarni o‘ziga xos 

turli xillarda ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar; 

–  mashinasozlik sohasidagi tor ixtisoslashgan firmalar ommaviy 

ishlab chiqarishdagi murakkab bo‘lmagan buyumlar yoki qismlarni 

vositachi yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etadilar. 

Demak, assortiment - bu har bir turdagi mahsulotning xillari, 

markasidir. Ustki kiyimlar qanday materialdan to‘qilishiga, fasoni, 

o‘lchamiga qarab ajratiladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra ularning xili 

110 ta bo‘lsa, assortimenti bundan ham ko‘p. Kir yuvish mashinalari-

ning 250 xili, kir yuvish kukunining 150 xili bor. 90 xildagi velosiped-

lar, 85 xildagi magnitofonlar, radiopriyomniklarning 50 xildan ko‘pi, 

televizorlarning 45 xili, sotuvgichlar va elektr priborlarning 35 xili 




221 

 

ma’lum. Natural birlikda mahsulot ishlab chiqarish dasturida mahsulot-



ning sifat darajasi ham ko‘rsatiladi. 

Brend  (ingl. Brend)  — soddalashtirilgan va tor ma’noda talqin 

qilganda ushbu termin muayyan mahsulotning xususiy nomini uning 

yaratuvchi ijodkori va egalik qiluvchi sohibi tomonidan berilgan 

individual xarakteristikasi va vizual identifikatsiyasi bilan birgalikda 

anglatadi. «Brending» – bu mahsulotni iste’molchilarga osonlik bilan 

«toptirish» uchun nom, belgi, logotip yoki ularning aralashmasidan 

foydalanish. Har gal iste’molchi supermarketga borganda yangi mah-

sulot sotib olish uchun «tavakkal» qilishni xohlamaydi, ular ishonchli

o‘zi, biladigan narsani sotib oladi. Brendni targ‘ibot qilish ham ishlab 

chiqaruvchiga, ham iste’molchiga foydali. Yaxshi brend marketing 

xarajatlari va sotish vaqtini kamaytiradi. 

«Trademark» - ma’lum bir so‘z yoki iboraning faqat bir kompaniya 

tomonidan o‘z mahsulotlari uchun ishlatilishining ro‘yxatdan o‘tganligi. 

«Service mark» — trademark bilan bir xil, faqat xizmatlar uchun 

qo‘llaniladi. 

Mahsulot sifati bo‘yicha barcha texnik — iqtisodiy ko‘rsatkichlar 

dunyo amaliyotidagi eng oliy darajadagi erishilgan yutuqlar talabiga 

javob berishi kerak. Demak, rejada mahsulotlarning standart talablari va 

sertifikatlash shartlariga rioya qilgan holda ishlab chiqarish hajmini 

mo‘ljallash zarur. Natural ko‘rsatkichlarning ahamiyati yuqori bo‘lishiga 

qaramasdan ular korxonada mahsulotning umumiy hajmi, ishlab 

chiqarish sur’ati, tarkibini, mehnat to‘lovlari fondi hajmini aniqlash 

imkoniyatini bermaydi. Buning uchun qiymat ko‘rsatkichlar ishlatiladi. 

Ular yalpi tovar aylanmasidagi mahsulot miqdori, yalpi mahsulot, tovar 

mahsuloti, realizatsiya mahsuloti, sof mahsulot shartli normadagi sof 

mahsulot, mehnat sarfi (soat-daqiqalar) miqdori bo‘yicha mahsulot 

hajmi, xomashyoga ishlov berish bo‘yicha mahsulot hajmi va boshqalar. 

Agar bozor ishtirokchisi, ya’ni korxona marketingi iste’molni 

yuzaga chiqarish, zarur xildagi tovarlarni yaratish, bahosini aniqlash, 

ularni taqsimlash va iqtisodiy rag‘batlantirish tizimi ustida yaxshi 

ishlagan bo‘lsa, bunday tovarlar sotilmay qolmaydi. Har birimiz 

bilamizki, iste’molchilar tez sotiladigan tovarlarni navbatda turib ham 

olishga tayyor bo‘ladilar. Shuni ham aytish kerakki, ko‘pchilik 

marketingni ta’minot va rag‘batlantirish ishlari bilan bir xil, deb 

hisoblaydilar. 

Marketing – ayirboshlash yo‘li bilan talab va ehtiyojlarni qondirish-

ga qaratilgan kishilik faoliyatining turi. Masalan, ayollar  lab bo‘yog‘ini 

«Fabrikada kosmetika ishlab chiqarilsa, do‘konda esa ishonch sotiladi», 




222 

 

deb ta’kidlaydi firma rahbari Charlz Revson. Shuning uchun ayol kishi 



shunchaki lab uchun bo‘yoq sotib olmasligi hammaga tushunarli, yoki 

do‘kondan diametri chorakta bo‘lgan parmalash buyumini xarid qilmay, 

shu diametrdagi oraliq (teshikni) xarid qilinadi, deb hisoblaydi bilimdon 

sotuvchilar. Shunga  o‘xshash “faqat bifshteks sotilmaydi, uni iste’mol 

qilganda keladigan ishtaha bilan birga huzur-rohat sotilishi kerak”. 

Mijozga shu kerak. Shuning uchun bozor ishtirokchilari, sotuvchilari har 

qanday tovar ortida yashiringan talablarni yuzaga chiqarib, uning 

xususiyatlarini, undan keladigan bahramandlikni, foydani sotishlari 

lozim. 

Bozor iqtisodiyoti bir xil mahsulotni ishlab chiqarish foydali 

boshqasini ishlab chiqarish esa zararli ekanligini belgilovchi iste’molchi 

talabi, uning xohishi erkinligini cheklaydi. 

Korxona mahsulot ishlab chiqarishni iste’molchi talabi bilan 

moslashtirmasa, ishlab chiqarish bankrotga uchraydi. Xomashyo resurs-

larini yetkazib beruvchilar ham shunday. Ishlab chiqariladigan mahsulot 

qanday bo‘lsa uning uchun shunday resurs kerak bo‘ladi. Yetkazib 

beruvchilar mehnat va moddiy resurslar hisobiga maksimal foyda 

olishlari uchun bozor tizimi talablariga bo‘ysunib iste’mol talablaridan 

kelib chiqib resurslarni tanlashi lozim. Chunki faqat foyda ko‘radigan 

firmalargina shu xildagi resurslarga o‘z talablarini qo‘yadilar, ularni 

xarid qiladilar. Demak, iste’molni qondiradigan mahsulotlar uchun 

resurs yetkazib beruvchilar o‘zlari istagan xildagi va sifatdagi resurslarni 

yetkazib berishda «Erkin» emaslar. 

Kishilarning talabalari cheksizdir, lekin ularni qondirish uchun zarur 

bo‘lgan resurslar cheklangan. Shuning uchun kishilar o‘zlarining 

moliyaviy imkoniyatlariga yarasha eng ko‘p qoniqtiradigan tovarlarni 

tanlab oladilar. Talab – xarid qilish qobiliyati bilan belgilanadigan 

iste’moldir. Iste’molchilar kichik, o‘rtacha va katta tipda bo‘lishi 

mumkin. Ular korxonalar, kompaniyalar va turli xildagi xo‘jaliklardir. 

Lekin talablar o‘zgarib turuvchi ko‘rsatkichdir. Kishilar xilma-xil, 

yangidan yangi narsalarni qidirib topishga harakat qiladigan, hamma har 

doim ishlatadigan, foydalanadigan bir xil tovarlarni yoqtirmay qoladilar, 

me’dalariga tegadi. Tovar  tanlashdagi harakat mahsulot bahosining 

pasayishi yoki kishilar daromadining ko‘payib borishi bilan ham bog‘liq 

bo‘ladi. Xaridorlar o‘z pullariga eng ko‘p qoniqish hosil qiladiganlarini 

tanlab oladilar. Masalan, «Volkswagen» avtomobili transport vositalari-

ning barcha qulayliklarini o‘zida jamlagan, narxi ham nisbatan past, 

yoqilg‘ini tejaydigan, Yevropa transport vositalaridagi elementar talab-

lar standartiga mos bo‘lgan mashinadir. Lekin «Cadillac» avtomobili 



223 

 

yuqori darajadagi qulaylik va afzalliklarga ega. Shu pulga shu mashinani 



xarid qilgan kishi bu xususiyatlardan ko‘proq qoniqish hosil qiladi. 

Tovarlarga baho berishda uning sifati asosiy o‘rinda turadi. Tovarning 

sifati – maqsadiga ko‘ra bu iste’molchilarning talabini qondirishi 

mumkin bo‘lgan foydali xususiyatlarning majmuyidan iboratdir. 

Marketing nuqtayi nazardan, sifat bu – mahsulotning mijoz talab va 

istaklarini qondira olish qobilyatidir. Sifat mahsulotning detallarida 

emas, balki xususiyatidadir. 

9.3-rasmda tovarning sifatini ifodalovchi aynan shu xususiyatlar 

ko‘rsatilgan. 

 

 



 

Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar 

Tayyorlash texnologiyasi 

Ishonchlilik va uzoq vaqt davomida ishlatilishi 

Mo‘ljallangan maqsadga mos kelishi 

Tashishga va saqlashga yaroqliligi 

Ekologik xususiyatlari 

Ergonomik xususiyatlari 

Estetik xususiyatlari 

Xavfsizlik ko‘rsatkichlari 




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling