O‘rtacha bozor narxlari usuli. Hisob-kitoblar «o‘rtacha bozor
narxlari» bo‘yicha raqobatchilik ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Korxona ularga mo‘ljallanib hosil bo‘lgan narx darajasida, yuqorioq
yoki pastroq narxlarni belgilashi mumkin. Buning uchun bozorda
egallaydigan mavqeyi, korxonaning obro‘-izzati asos bo‘lib xizmat
qiladi. O‘rtacha narxdan yuqori bo‘lgan narx faqatgina agar tovar
muhim iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lsa, tovar markasi yuqori bo‘lsa
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar korxona bozorda mustahkam o‘rinni
egallashga intilsa, past narxlar amaliyotiga murojaat qilishi shart emas,
chunki mazkur holda o‘z obro‘sini va u bilan birga iste’molchilarini ham
yo‘qotishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |