Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Narxning ishonchliligi tushunchasi xaridorni mahsulot narxini 

kutgan darajada, ya’ni xarid qobilyatiga mos ravishda bo‘lishini 

bildiradi. Narxlarning doimiyligi, oldindan kelishilgan holda belgilanishi 

(katta bitimlar uchun), sarf–xarajatlarni ortiqcha qilib yuborib, narxni 

ko‘tarishdan qochish xaridorni narxga bo‘lgan ishonchini oshiradi. 

Narx belgilashda haqqoniylikning ikki jihati mavjud. 

•  Xaridorning «narx – qimmatlilik, naflilik» nisbatidan qoniqishi. 

•  Tovarning real bahosi bilan uning ijtimoiy tan olinganligi. 

Narxdagi haqqoniylik qoidalariga rioya qilish, sotuvchi tomonidan 

xaridorni aldashga yo‘l qo‘ymaslik iste’molchining narxdan qoniqish 

darajasini oshiradi. 

Bank xizmatlaridagi foiz stavkalarining haddan tashqari oshirilishi, 

kredit to‘lash muddatini qisqartirib, foizini oshirish, maishiy xizmat 

turlariga narxning yuqori belgilanishi iste’molchilarda narxga 

ishonmaslik hissini uyg‘otib, ular xizmatidan boshqa foydalanmaslikka 

undaydi. 

Iste’molchilarning narxdan qoniqishini baholash juda murakkab 

jarayon. Iste’molchi o‘z xarid qobiliyatini qoniqtiradigan va o‘z iste’mol 

ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan tovarlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lsa, 

unda narxdan u yoki bu darajada qoniqish hosil bo‘ladi. 



275 

 

Xarid jarayonida tavakkalchilikka yo‘l qo‘yish, qaror qabul qilish 



xaridorni xarid qilish, qilmasligini qiyinlashtiradi. 

Narxdan qoniqish darajasini o‘lchash uchun belgi va umumiy 

darajada bir necha ko‘p o‘lchovli shkalalardan foydalanish mumkin. 

Alohida narx belgilarining nisbiy muhimligi regression tahlil orqali 

aniqlanadi. Bunda umumiy narxdan qoniqish o‘zgaruvchan kattalik 

bo‘lib, belgilardan qoniqish o‘zgarmas kattalik bo‘ladi. Har qanday 

tovar belgilarining (qismlari) alohida naflilik darajasi, ularning 

qimmatini, narxni mos yoki mos emasligini ko‘rsatadi. Masalan, 

maishiy texnika buyumining ko‘p funksiyalardan iboratligi, 

ekspluatatsiya qilishning osonligi, elektr energiyasini kam sarflashi, 

ta’mirlash uchun kafolatning mavjudligi va hokazolar iste’molchining 

tovar narxidan qoniqqanligini bildiradi. 

Narxdan qoniqish menejmenti uchun yuqorida sanab o‘tilgan juda 

ko‘p axborotlar zarur bo‘lib, maqsadli marketing chora tadbirlari ham 

o‘zaro bir -biriga chambarchas bog‘liq jarayonlar hisoblanadi. 

Narxdan qoniqishni o‘rganish birlamchi axborot manbayi bo‘lib, 

iste’molchilarni so‘rovnoma qilish hisoblanadi. So‘rovnoma tovarning 

har bir belgisi (qismi) bo‘yicha savollar, narxi, foydaliliga, nafi va 

boshqa ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. 

Ko‘p hollarda, yangi tovar chiqarilishi oldidan so‘rovnomalar 

o‘tkazilib, xaridorlar qanday narxda tovarni sotib olishlari mumkinligi 

aniqlanadi. Natijalarga qarab yangi tovarga defferensial  yondashib 

narxlar belgilanadi. 

Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, bozor sharoitida tovar narxini 

belgilash ko‘p omillarga bog‘liq. Xaridorning tovar narxidan qoniqishi, 

narxning uning naflilik darajasiga mosligi eng asosiy mezoni 

hisoblanadi. 

Tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarida uning narxini ham 

o‘zgartirish, iste’molchilarda talabni saqlab qolish, shu tovar hayotiylik 

davrini uzaytirishi mumkin. Narx siyosatidagi turli chora-tadbirlar 

xaridorning narxdan qoniqish darajasini oshiradi. Raqobat mavjud bo‘l-

gan joyda iste’molchini o‘z xaridoriga aylantirish har bir sotuvchining 

maqsadi bo‘lib, u iloji boricha uni nafaqat bir marotabali xaridor, balki 

doimiy mijozga aylanishini xohlaydi. 

Tovar hayotiylik davrining birinchi bosqichida yuqori narx belgilab, 

«qaymog‘ini olish» strategiyasini qo‘llasa, 4 – talabning pasayishi 

bosqichida rag‘batlantiruvchi strategiyalarni qo‘llash maqsadga muvofiq 



276 

 

bo‘ladi. Iste’molchini rag‘batlantirish, sotuv jarayonini faollashtirish, 



narxlarga nisbatan xaridorda ishonch va qiziqishni uyg‘otish uchun 

chegirmalar, imtiyozli sotuvlar, sovg‘alar berish, aksiyalar, lotareyalar 

o‘ynash juda samarali bo‘ladi. 

Kuchli raqobat sharoitida iste’molchini xaridorga, doimiy mijozga 

aylantirish sotuvchidan juda ko‘p faollikni, «Iste’molchi shoh» shioriga 

mos holda savdo faoliyatini yuritishni talab qiladi. 




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling