Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6
Narx afzalligi. Bu tushuncha asosida tovarning «narxi» va uning
«naflilik» nisbati yotadi. Narx afzalligi mahsulotning naflilik darajasiga bevosita bog‘liq. Xaridor tomonidan sotib olinayotgan mahsulotning naflilik ko‘rsatkichlarini his etish, ya’ni qabul qilish ikki omilni his etish bilan bevosita bog‘liq. Xarid qilinadigan tovarlarning qimmatliligi (nafligi) va narx (bahosi). Bozorda turli narxlarda va turli qimmatga ega bo‘lgan tovarlar taklifiga duch kelgan xaridor o‘zi uchun eng optimal variantni izlaydi. Xaridor har doim o‘zi mo‘ljallagan, kutgan narxda tovar sotib olishni xohlaydi.
273
Raqobat muhitida korxona raqobatdosh bo‘lib faoliyat ko‘rsatishi uchun «Narx – sifat» nisbatini muntazam yaxshilashga urinadi. Bunga erishish uchun korxona iste’molchilar ehtiyojlari va talablarini muntazam o‘rganib borishi, tovarga innovatsion yondashishi, uni mukammallashtirishi kerak. Raqobatning mavjudligi sifat uchun kurashdan faqat iste’molchilar yutadi. Raqobat har bir korxonaning tovarini sifatli, naflilik darajasi yuqori, qadoq shakli, vazni turli iste’molchilar segmentlariga mo‘ljallangan bo‘lishi korxona savdo aylanmasi va foydasining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Korxonalarning «narx–sifat» nisbatini yaxshilashga doimiy urinishida avvalo, iste’molchilarning to‘lov qobilyatini ham o‘rgangan holda (ya’ni to‘lov qobilyatining maksimal darajasi) mahsulot sifatini eng yuqori darajaga ko‘tarish, mahsulot tannarxini qanchaga olib kelishini hisob–kitob qilishlari kerak. Bu aniq maqsadga yo‘naltirilgan narxni Target costing (maqsadli) usulini qo‘llab topish mumkin. Bu «maqsadli baho» korxonada «yangi mahsulot» ishlab chiqarish uchun ketadigan umumiy xarajatlarning shakllanishi uchun bazaviy bo‘lib hisoblanadi. Maqsadli bahodan qancha foyda olish mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘sha miqdor ayriladi, natijada maqsadli xarajatlar miqdori kelib chiqadi. Maqsadli xarajatlarni mahsulotga ketadigan barcha ingrediyent- lariga bo‘lib chiqib, butun mahsulotning bozor bahosi aniqlanadi. Ya’ni mahsulot kalkulyatsiyasi hisoblanib, uning tannarxi va sotilish narxlari (chakana, ulgurji) belgilanadi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling