Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiy xavfsizlik kafedrasi
Iqtisodiy xavfsizlik tizimi tuzilmasi
Download 191.29 Kb.
|
KURS ISHI IQTISODIY XAVSIZLIK 53-2 Ochilov Marat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmlari va uning strategik maqsadlari.
Iqtisodiy xavfsizlik tizimi tuzilmasi.
Davlat iqtisodiy xavfsizlik tizimini shakllantirish va uni tahlili doirasida vaziyatlarni aniqlash, xavfsizlik chora-tadbirlarini ishlab chiqish, normativ qonun hujjatlarning ekspertizasini o`tkazish, O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizligiga bog`liq davlat qarorlarini ishlab chiqish kerak. 3. Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmlari va uning strategik maqsadlari. O`zbekiston Respublikasining xavfsizlik asoslari ijro va qonunchilik apparati tomonidan, qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlari, Hukumat va Oliy Majlisning normativ-huquqiy hujjatlarida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Iqtisodiy xavfsizlikning strategik maqsadi iqtisodiy xavf-xatar va tavakkalchiliklar bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy va normativ-huquqiy chora-tadbirlardan iborat konsepsiya ko‗rinishidagi iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash bo`yicha ishlanmalar sifatini oshirish mexanizmidir. Davlat strategiyasini amalga oshirish uchun O`zbekiston Respublikasining umumiy xavfsizlik strategiyasi maqsadlariga erishishning zaruriy shartini ta‘minlashi kerak. Xususan, quyidagilar ta‘minlanishi kerak: inson va fuqoroning huquqlarini, mamlakatda ijtimoiy tinchlikni va jamiyatda ijtimoiy osoyishtalikni kafolatlovchi turmush darajasi sifatini oshirish; milliy manfaatlardan kelib chiqib ichki siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni samarali hal etish; milliy manfaatlarga bog`liq bo`lgan jahondagi jarayonlarga faol ta‘sir etish; jahon xo`jalik aloqalariga teng huquqli integratsiyasi sharoitida mehnat taqsimoti, davlatni barqaror rivojlantirish; xorijiy davlatlardan va ularning uyushmalaridan O`zbekistonni iqtisodiy faoliyatning muhim masalalarida tahlikali qaramlikka yo`l qo`ymaslik. Strategiyada iqtisodiy xavfsizlikda kutilishi mumkin bo`lgan tahdidlarini aniqlash va mamlakatni iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash tizimida birlamchi ahamiyat kasb etadigan, ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga katta e‘tibor qaratilgan. Shu bilan birga, quyidagi omillardan kelib chiqib, jamiyatni va xo`jalik faoliyatini kriminallashuvini kamaytirishga harakat qilingan: ishsizlikning o`sishi, chunki statistikaga ko`ra jamiyatdagi tartib buzilishlarning asosiy qismini doimiy daromad manbaiga ega bo`lmagan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi; davlat boshqaruv organlarining ma‘lum bir guruh xodimlari uyushgan jinoyatchi guruhlariga qo`shilishi natijasida, kriminal kuchlarni ishlab chiqarishni boshqarish jarayonining ma‘lum bir qismiga egalik qiladi va turli hokimiyat boshqaruv tuzilmalariga kirib boradi; davlat nazorat tizimini pasayishi natijasida ichki moliyaviy bozorlarda, xususan, xususiylashtirish, eksport-import operatsiyalarda, savdo sohalarida jinoyatchi guruhlar faoliyati kuchayadi. O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy jarayonlarga samarali ta‘sir etish va tartibga solish uchun iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni oldini olish maqsadida kompleks chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan. Ular bugungi kunda O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning bazaviy asosi sifatida foydalaniladi. Download 191.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling