Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiy xavfsizlik kafedrasi


Download 191.29 Kb.
bet7/13
Sana16.06.2023
Hajmi191.29 Kb.
#1518995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
KURS ISHI IQTISODIY XAVSIZLIK 53-2 Ochilov Marat

5. Boshqaruv xavfsizligi bu menejerlar uchun boshqarish zarur bo`lgan bilim, ko`nikmalar yig`indisidir. Ushbu ko`nikma va bilimlar ikki guruhga bo`linadi:

  • muammolarni samarali hal qilishga qaratilgan boshqaruv siklini amalga oshirish, istiqbolli maqsadlarni aniqlash, o`z ish joyini va qo`l ostidagi xodimlarning ishini samarali rejalashtirish, yordamchi o`rinbosarlarga aniq vazifalarni qo`yish, xodimlar qo`nimsizligini to`xtatish, mehnat rejimi va shart-sharoitlariga rioya qilish;

  • kommunikativ funksiyalar – bu insonlar va yordamchi o`rinbosarlar bilan muloqot qilishni bilish, hamkorlar, turli korxonalar va davlat tuzilmalari bilan ishbilarmonlik aloqalarini o`rnatish, ham suhbatning fikrini eshitishni bilish, o`zining emotsiyalarini nazorat qila olishi, yaxshi yozma va og`zaki notiqlikka ega bo`lish. Bugungi kunda jahonda iqtisodiy xavfsizlikka eng katta ta‘sir etuvchi bu boshqaruv salohiyati va boshqaruv samaradorligi bilan aniqlanadi.

6. Iqtisodiy o`sish va davlat iqtisodiy xavfsizligining barqarorligi faqatgina mamlakatda milliy xo`jalikni investitsion rivojlanish tipida amalga oshishi mumkin. Shundan kelib chiqib davlatning investitsion xavfsizlik muammosi vujudga keladi. Investitsion xavfsizlikning asosiy tashkil etuvchilari sifatida uning ikkita tavsifi ko`riladi: investitsion tavakkalchilik va investitsion salohiyat. Bu yerda shuni ta‘kidlab o`tish kerakki, O`zbekistonda bugungi kunda katta investitsion salohiyat mavjud, biroq uni amalga oshirishga investitsion tavakkalchilik to`siq bo`lib turibdi.
7. Demografik xavfsizlik – milliy xavfsizlikning boshqa iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, axborot, huquqiy turlari bilan to`g`ridan-to`g`ri bog`liq. Demografik xavfsizlik konstitutsion qonunchilik asosida kafolatlangan shaxs, jamiyat va davlat turli xildagi ichki hamda tashqi tahdidlardan himoyalangan.
8. Ekologik xavfsizlik: bu tadbirlar, jarayonlar, harakatlar, holatlar bo`lib, ular hech qachon tabiat muhitiga, odamlarga va barcha insoniyatga sezilarli katta zarar olib kelmaydi:
- jahon hududiy maydonida ekologik mutanosiblikni taxminlaydigan kompleks harakatlar;
- atrof-muhitning o`ziga xos xususiyatlari yig`indisi bo`lib, biosferaga mumkin bo`lgan darajadagi yuklamani hamda ijtimoiy va iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda, keyingi avlodga antropogen turdagi salbiy ta‘sirlarni oldi olingan va bartaraf etilgan holda insonlarning hayotiy faoliyatini to`la ta‘minlash.
Ekologik xavfsizlik nafaqatgina milliy, balki transmilliy xavfsizlikni ta‘minlashning muhim bir tashkil etuvchisi bo`lib hisoblanadi. U inson sog`lig`iga xavfsiz bo`lgan tashqi muhitga bo`lgan huquqlarni belgilaydi hamda texnogen faoliyat asosida tabiiy resurslardan foydalanish shart-sharoitlarini ta‘minlaydi va tartibga soladi. Ekologik xavfsizlik barcha ierarxik darajalarda geografik va ekologik tizimni tavsiflaydi.

Download 191.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling