Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiy xavfsizlik kafedrasi


Download 191.29 Kb.
bet3/13
Sana16.06.2023
Hajmi191.29 Kb.
#1518995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KURS ISHI IQTISODIY XAVSIZLIK 53-2 Ochilov Marat

1. Mamlakat iqtisodiyotida milliy manfaatlarni ta‘minlash
Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida jahonning geosiyosiy va iqtisodiy maydonida o`zining mustaqil munosib o`rnini egallashga harakat qilayotgan O`zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiyotda milliy manfaatlarining samarali tizimini shakllantirish muhim yo`nalish bo`lib hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining milliy manfaatlari – bu:
- iqtisodiy, ichki siyosiy, ijtimoiy, xalqaro, axborot, harbiy, chegaraviy, ekologik va boshqa sohalarda shaxs, jamiyat hamda davlatning muvozanatlashgan yalpi manfaatlari;
- shaxs, jamiyat va davlatning muhim obyektiv ehtiyojlarini ta‘minlanishi, ularning himoyalanganligi hamda barqaror rivojlanishi;
- shaxsning manfaatlari bu uning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshishidan, shaxs xavfsizligini ta‘minlanishidan, turmush darajasi hamda sifatini yaxshilanishidan, inson va fuqarolarning jismoniy, ma‘naviy hamda intellektual rivojlanishidan tarkib topadi.
Jamiyat manfaatlari suverenitetligi demokratik, huquqiy va ijtimoiy yo`naltirilgan davlatni tashkil topishida ijtimoiy tenglik va mutanosiblikni vujudga kelishida hamda O`zbekistonni ma‘naviy yangilanishida ifodalanadi.

Ta‘kidlash lozimki, milliy manfaatlarni ta‘minlanishi mamlakatda saylangan hokimiyatning tanlagan siyosiy va iqtisodiy rivojlanish yo`liga bog`liq. Uzoq istiqbolga mo`ljallangan milliy manfaatlarga quyidagilar kiradi:


- mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, konstitutsion tizimning o`zgarmasligi va mustahkamligini, suverenitetligi hamda hududiy yaxlitligini ta‘minlash;
- milliy kelishuvni mustahkamlash, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni, demokratik institutlarni rivojlantirish, davlat va fuqarolik jamiyatning o`zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish;
- turmush sifatini oshirish, aholini sog`lik-salomatligini mustahkamlash, mamlakatni barqaror demografik rivojlanishini ta‘minlash;
O`zbek xalqiga xos bo`lgan ma‘naviy qadriyatlarni, milliy o`zlikni saqlash va rivojlantirish;

  • Milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirish;

O`zbekiston Respublikasini jahon iqtisodiyotida munosib o`rnini ta‘minlash va uning obro`-e‘tiborini oshirish.
Milliy manfaatlar tushunchasi to`g`ridan-to`g`ri milliy xavfsizlik tushunchasi bilan bog`liq. Milliy xavfsizlik bu O`zbekiston Respublikasi suverenitetini ta‘minlovchi hokimiyatning yagona manbai sifatida ko`p millatli xalqning xavfsizligi tushuniladi. Iqtisodiyot sohasida milliy xavfsizlikni ta‘minlash bu jamiyatning asosiy aholi qatlamlarining hayotiy muhim manfaatlarini saqlash va ta‘minlash tushiniladi. Agar iqtisodiy islohotlar olib borilayotgan mamlakat iqtisodiyoti dinamikasini tahlil qiladigan bo`lsak, u holda xulosa qilish mumkinki, butun bir xalq xo`jaligida, uning alohida mintaqalarida va tarmoqlarida iqtisodiyot sohasida milliy manfaatlarga nisbatan o`zida katta potensial xavf-xatarlarni, tahdidlarni ifoda etgan salbiy tendensiyalarni kuzatish mumkin.
Quyidagi inqiroziy holatlarni ajratib ko`rsatish mumkin:

  • aholi turmush darajasining pasayishi;

  • asosiy fondlarning jismoniy va ma‘naviy eskirish darajasining oshishi;

  • texnogen turdagi falokatlarning kuchayishi;

  • ilmiy-texnik salohiyatning yo`qotilishi;

  • mamlakatda takror ishlab chiqarish jarayonini boshqarish darajasi va unga davlat ta‘sirining pasayishi.

  • Mamlakat milliy manfaatlariga tahdidlar iqtisodiyotda takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sektorlari va ishlab chiqarishda nomuttanosiblikni keskin kuchayishiga olib keladi. Iqtisodiyotdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi nomutanosibliklarga quyidagi omillar sabab bo`ladi:

  • tizimli yondashuvning mavjud emasligi;

  • aniq ifodalanuvchi strategik ustuvorliklar va real sanoat siyosatining mavjud emasligi;

  • muvozanatlashgan barcha ishlab chiqarish, taqsimot elementlarining mavjud emasligi.

Iqtisodiyot segmentida milliy manfaatlarning hududiy jihatlari davlatning hududiy siyosati maqsad va vazifalarini amalga oshirish va unda alohida hududlarning umummilliy manfaatlarini ta‘minlashdagi o`rni doirasida qarash kerak. Mamlakat iqtisodiyotida milliy manfaatlarni ta‘minlash jarayonining kompleks tahlilida mavjud muammolarni hal etishda nointegratsion tavsifga, ya‘ni alohida hududlarning iqtisodiy rivojlanish sohasidagi milliy manfaatlarini ham hisobga olish kerak.
Globallashayotgan jahon iqtisodiy maydonida milliy manfaatlarni ta‘minlashda umumiy strategik muammolarni hal etishda, o`zini-o`zi iqtisodiy belgilash bilan qo`shilgan. Quyidagi jadvalda milliy manfaatlarni ta‘minlashning muhim jihatlari keltirilgan.
― Iqtisodiyot sohasida milliy xavfsizlikni ta‘minlash kategoriyasi bugungi kunda muhim milliy manfaatlarni ta‘minlashda ko`p hollarda joriy va o`rta muddatli vaziyatlarga qarab belgilanadi. O`zbekiston uchun strategik tavsifdagi chora- tadbirlar va bashoratlarni tavsiflash ko`proq maqsadga muvofiq keladi. Davlatning ijro organlari milliy xavfsizlikni ta‘minlash sohasida qarorlar qabul qilishda iqtisodiyotning faoliyatida nafaqat undagi nomutanosibliklarni, balki ushbu nomutanosibliklarni vujudga kelish sabablarini, uning oldini olishga yo`naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish uchun ham tadqiq etishi lozim.



Download 191.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling